Murojaatga hamkorlikda yechim topildi
Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Jasurbek Kuryazov tumandagi Sharlauk mahallasi faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda mahalla aholisi Yangi va Jayhun ko‘chalarida asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani haqida aytib, yo‘lning qo‘shimcha bir qismini asfaltlashtirishda deputatimizdan ko‘mak so‘rashdi. Aholi vakillarining taklif va mulohazalarini inobatga olib, deputat mas’ul idoralar bilan bog‘landi. Natijada mas’ul idoralar bilan hamkorlikda yo‘lning murojaatda nazarda tutilgan qismiga ham shag‘al yotqizilib, asfaltlash ishlari olib borildi.
Murojaati darhol yechim topgan mahalla aholisi ravon va zamonaviy yo‘llar yaratilayotganidan mamnun ekanini bildirishdi.