Tashabbus natijasida 19 ta kvota ajratildi
Tashabbus natijasida 19 ta kvota ajratildi

 

Partiyamizdan Yoshlar parlamenti a’zosi Rahmonjon Kimsanboyev Farg‘ona viloyati So‘x tumani yoshlari uchun tibbiyot sohasi bo‘yicha Oliy ta’lim kvotalarini ajratish masalasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qong‘irodboy Sharipovga murojaat xati yo‘llagan edi.

Murojaatga javoban vazirlikning mas’ullari Rahmonjon bilan bog‘lanib vaziyatni o‘rganishdi. Olib borilgan sa’y-harakatlar natijasida Andijon va Farg‘ona davlat tibbiyot institutlariga 19 ta kvota ajratildi.

Jumladan, Farg‘ona tibbiyot institutiga:

Davolash ishi — 2 ta kvota,

Tibbiyot profilaktikasi — 2 ta kvota,

Pediatriya — 1 ta kvota.

Andijon davlat tibbiyot institutiga:

Davolash ishi — 13 ta kvota,

Tibbiyot profilaktikasi — 1 ta ajratildi.

Bu So‘xliklar uchun ulkan yangilik. Ayniqsa, tibbiyot yo‘nalishida bilim olishni istagan yoshlar uchun katta imkoniyatdir.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Yoshlar qanoti
← Roʻyxatga qaytish