
Bugun dunyo yuksak texnologiyalar, global o‘zgarishlar va raqamli transformatsiyalar davriga kirib bormoqda. Bunday zamonda har bir davlatning kuchi – bilimli, faolligi yuqori, Vatanga sadoqatli yosh avlod bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi esa aynan shu prinsipga tayanadi: yoshlar nafaqat kelajak, balki bugunning faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak.
Yoshlar bilan ishlash – partiyamiz uchun shunchaki siyosiy shior emas, balki aniq amaliyotdir! Shuning uchun partiyamiz yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, siyosiy madaniyatini shakllantirish, ta’lim va ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish borasida doimiy harakatda.
Bugun yoshlarimiz oldida turgan ko‘plab masalalarni chuqur tahlil qilish va ularni hal etishda faol yoshlarning o‘rni beqiyosdir. Shunday ekan, aziz tengdoshlarim! Kelajak bizning qo‘limizda. O‘z fikrimizni baralla aytib, tashabbus ko‘rsataylik va birga harakat qilaylik.
Axror MUXTOROV,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi yoshlar faoli.