Kuchli jamiyat uchun faol ayollar kerak
Tuproqqal’a tuman Kengashi tashabbusi bilan faol xotin-qizlar ishtirokida “Gender tenglik – adolatli jamiyat poydevori” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda qatnashgan ayollar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan atroflicha javoblar oldi. Jumladan, ular uy sharoitida daromad topish, bepul o‘quv kurslarida qatnashib kasb-hunar egallash, tazyiq va zo‘ravonlikka uchraganda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida huquqiy bilimlarini oshirishdi.
Bunday suhbatlar ayollarning huquqiy bilimini oshirib, siyosiy faolligini yuksaltirishga, jamiyatda o‘zining munosib o‘rnini egallashiga yordam beradi.