
O‘zbekiston XDP Toshkent viloyati kengashi tomonidan partiyaning mahalliy Kengashdagi deputatlik guruhining yarim yillik faoliyati sarhisobi bo‘yicha konferensiya o‘tkazildi. Unda partiya guruhi yarim yillik faoliyati davomida 73 ta masala partiya guruhlariga, 46 ta masala doimiy komissiya yig‘ilishiga va 13 ta masala sessiya kun tartibiga olib chiqilgani aytildi.
Shuningdek, hududlardagi mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan 87 ta deputatlik so‘rovi yuborilib, shundan 41 tasi ijobiy hal etilgan. Partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, “Deputat mahallada”, “Salomatlik aksiyasi”, “Mahallada ijtimoiy xizmat”, “Ijtimoiy himoyadan – ijtimoiy faollik sari” kabi loyihalar doirasida 98 nafar yoshlarni ishga joylashishiga ko‘mak berilgan. Bundan tashqari 78 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga zarur amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Toshkent viloyat Kengashidagi O‘zXDP deputatlik guruhi sarhisob davridagi kabi bundan keyin ham partiyaning saylovoldi dasturida o‘rin olgan ustuvor maqsad-vazifalardan kelib chiqib o‘z elektorati manfaati yo‘lida tizimli ishlar olib borishga qaror qilindi.