Muhtojlarga yordam ko‘rsatildi
Muhtojlarga yordam ko‘rsatildi

 

O‘zbekiston XDP Urganch tuman kengashi tomonidan «Deputat mahallada» loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda bir guruh fuqarolar protez-ortopediya mahsulotlari va moddiy yordam olish uchun murojaat qilgan edi.

Deputat F.Karimova, tumanning «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda «K.Otaniyozov» mahallasida yashovchi S.Narbayevga nogironlik aravachasi, U.Kanatbayevga hassa moslamasi berildi.

Shuningdek, sog‘ligini tiklab olishi uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro M.Hasanovaga davolanishi uchun 1 mln 800 ming so‘m miqdorda yordam puli berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish