800 dona kitob tarqatildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Q.Qosimova hamda O‘zXDP Ohangaron shahar kengashi “Bir kitob – bir imkoniyat: o‘zgarish sendan boshlanadi” shiori ostida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” aksiyasi doirasida kam ta’minlangan oila vakillari va yoshlarga 800 dona kitob ulashdi.

Bunda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirish orqali ularning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish maqsad qilingan.

Loyiha doirasida homiylar tomonidan ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarga sovg‘alar ulashildi. Qolaversa, nogironligi bor va to‘shakda yotgan fuqarolarning uylariga borib tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur bo‘lgan birlamchi dori-darmonlar vositalari berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish