Yangi ish o‘rinlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlaymiz
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga O‘zXDPdan saylangan deputat Yu.Uboydullayeva hamda Fayzobod mahallasidagi hokim yordamchisi tekstil yo‘nalishida tadbirkorlik qilayotgan X.Abduqodirovaning faoliyati bilan tanishdi.
Muloqotda davomida tadbirkor o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun yer-joy masalasida ko‘mak zarurligini ma’lum qildi. Tadbirkor hozirgi kunda mahalladagi 7 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan. Unga zarur yer-maydoni ajratilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishini anglatadi.
Shu sababdan mas’ullarimiz tadbirkorning muammosini ijobiy hal qilishni maqsad qildi.