Qonun loyihalari orqali xalq manfaatlarini himoya qilish ilgari surilmoqda

 

O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishida «Migratsiya jarayonlarini boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori yoki harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tafovut hamda ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihalari muhokama qilindi.

Fraksiya a’zolari ushbu qonun loyihalarining har biriga alohida e’tibor bilan yondashib, ularning mazmun-mohiyati, ijtimoiy ahamiyati va amaliy natijalarini chuqur tahlil qildi.

Xususan, «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tafovut hamda ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi o‘qishda muhokamadan o‘tdi.

Loyihani konseptual jihatdan ma’qullagan deputatlarimiz shu o‘rinda o‘zlarining takliflarini ham bildirishdi. Jumladan fraksiyamiz a’zosi Qizilgul Qosimova boshqa yo‘nalishlardagi qonunlarda tafovutlar borligini ularni ham tezroq bartaraf etish lozimligini, deputatlar bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini bildirib, yordamga tayyorligini ma’lum qildi.

Fraksiya yig‘ilishida ta’kidlanganidek, O‘zXDP ijtimoiy tenglik, aholi manfaatlarini himoya qilish, huquqiy adolat va davlat organlari faoliyatining ochiqligiga xizmat qiluvchi qonunlarni qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifasi deb biladi. Yig‘ilish yakunida O‘zXDP fraksiyasi kelgusida ham xalq manfaatlarini ifoda etuvchi, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan qonunlar ishlab chiqilishida faol ishtirok etishini ma’lum qildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Oliy Majlis Partiya munosabati
← Roʻyxatga qaytish