|
|
|
O‘zbekiston XDP MK Ijroqo‘m Hay’atining
H-Ts/Zs - son 2005_ yil 30 noyabr Qoraqalpog‘iston respublika, viloyat va Toshkent shahar partiya kengashlari huzurida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi jamoatchilik qabulxonalarini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Hay’ati qayd etadiki, partiya V qurultoyi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan plenumlar, faollar yig‘ilishlari va boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tgan majlislar, shuningdek, joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida o‘tkazilgan davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlaridagi XDP deputatlar guruhlari faollari seminarlarida bildirilgan fikr va mulohazalarning tahlili, hali ko‘plab mintaqalarda partiya elektoratining hayotiy manfaatlari - ishga qobiliyatli aholining bandligi, uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy ta’minot, sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi muammolari samarali hal etilmayotganligini ko‘rsatadi. Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish va seminarlarda so‘zga chiqqan ko‘plab notiqlar joylarda muhim davlat hujjatlari va qarorlarini amalga oshirishda kamchiliklar mavjud ekanligini ta’kidladilar Bu esa fuqarolarning ijtimoiy huquq va manfaatlarini cheklashga olib keladi. Partaya elektoratining ko‘plab vakillari o‘z ijtimoiy manfaatlarini amalga oshirish jarayonida, gohida joylardagi ijroiya apparat ayrim mansabdorlarining bilimi yetishmasligi, kasbiy malakasi pastligi, rasmiyatchilikka berilganligi, qo‘pollik va beboshligiga duch kelmoqdalar. Shunday muammolar bilan to‘qnashgan kishilar ko‘pincha zarur darajada huquqiy va fuqarolik madaniyatiga, sud hokimiyati organlari orqali o‘zlarining haq-huquq va manfaatlarini himoya qilish ko‘nikmalariga ega emaslar, ko‘plarining malakali maslahat va boshqa huquqiy yordam olishga qurbi yetmaydi. Joriy yilning sentyabr-noyabr oylarida partiya mahalliy Kengashlari tomonidan amalga oshirilgan mamlakatdagi ijtimoiy vaziyat monitoringi shuni ko‘rsatdiki, yuqorida qayd etilgan muammolar oqibatida vujudga keladigan ijtimoiy keskinlik omillarini, tegishli qonunchilik me’yorlariga to‘la va og‘ishmay rioya etilganda, huquqiy maydon doirasida bartaraf etish mumkindir. Buning uchun, birinchi navbatda, XDP deputatlar guruhlari, partiya mahalliy kengashlari va boshlang‘ich tashkilotlari davlat hokimiyati va boshqaruvi tegishli mahalliy organlarida partiya elektorati ijgimoiy huquq va manfaatlarini amalda himoya qilinishini ta’minlash masalalariga e’tiborni kuchaytirishlari zarur. Bu, o‘z navbatida, uchrayotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda kishilarga huquqiy va boshqa maslahat ko‘magini ko‘rsatish maqsadida, partiya tashkilotlari huzurida fuqarolarni partiya saylanma organlari rahbarlari va davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlariga XDPdan saylangan deputatlar qabul qiladigan jamoat muassasalari tarmog‘ini vujudga keltirishni taqozo etadi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib va "O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2005-2009 yillarga mo‘ljallangan Harakat dasturi"ning 12.3 bandiga muvofiq, O‘zbekiston XDP MK Ijroiya qo‘mitasi Hay’ati qaror qiladi: 1. Partiya Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari huzurida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining jamoatchilik asosidagi qabulxonalari tashkil etilsin. Quyidagilar jamoatchilik qabulxonalarining asosiy vazifalari deb hisoblansin:
joylarda Qoraqalpog‘iston Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari vakolatlariga kirmaydigan ijtimoiy muhim muammolar vujudga kelganda partiya markaziy organlarini zudlik bilan boxabar qilish. Jamoat qabulxonalari ishini tashkil etash vazifasi shaxsan partiya tegishli kengashlari raislari zimmasiga yuklatalsin.
O‘zbekiston HDP MK ishlar boshqaruviga zaruratga qarab, MK Ijroiya qo‘mitasi Hay’atiga 2005 yil dekabrida davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar smetasiga tegishli o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha, taklif berish topshirilsin. 5. Mazkur qarorning bayoni, shuningdek, tashkil etilayotgan tegishli jamoatchilik qabulxonalarining pochta manzili, ishonch telefonlari raqamlari, qabul kunlari va soatlari "O‘zbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana", mintaqaviy partiya Keshgashlari gazetalarida chop etilsin.
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi L.G‘ulomov
|