Fidoyi mehnat va tashabbuskorlik e’tirof etildi
Fidoyi mehnat va tashabbuskorlik e’tirof etildi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi qarori bilan Uskenbay Atemov “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida U.Atemovga uzoq yillik fidoyi mehnati, el-yurt oldidagi xizmatlari, deputat sifatidagi tashabbuskorligi uchun minnatdorlik bildirildi.

U.Atemov rahbarligi va yetakchiligida tumanda ijtimoiy masalalarni samarali hal qilish, murojaatlarga yechim topish yo‘nalishlarida faol ish olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida aholining bandlik darajasini oshirish, xizmatlar sifatini yaxshilash bo‘yicha qator loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, barqaror daromad manbalari yaratilayotgani e’tirof etildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Faxriy
← Roʻyxatga qaytish