Deputatimiz so‘rovi asosida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

 

Xalq deputatlari Qibray tumani Kengashidagi deputatimiz Gulnora To‘xtanazarova tomonidan hudud aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbariga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Deputatlik so‘rovi ijrosi doirasida “Hosildor” mahallasi “Sebzor” ko‘chasida 15 ta yangi beton tayanch ustuni o‘rnatildi. Mazkur ishlar elektr ta’minoti tizimini mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Deputatlik nazorati va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlik natijasida hududdagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish