Deputatlarning tashabbusi bilan Bo‘stonliqda 9.6 km yo‘l to‘liq ta’mirlandi

 

Partiyamiz Bo‘stonliq tumani Kengashidagi deputatlarimiz O.Boboyev, J.Sadirov, Y.Xolmurodovga “Sobir Rahimov”, “Navro‘z” va “Markaziy” mahallalari fuqarolaridan ichki yo‘llarni ta’mirtalabligi to‘g‘risida murojaatlar kelib tushgan edi. Deputatlarimiz holatni joyiga chiqib o‘rgandi va yo‘llar ta’mirga muhtoj, degan xulosaga kelishdi.

Xalq vakillari ushbu masalani Kengashning sessiyasida muhokama qilishdi va mutasaddi tashkilotlar bilan bog‘lanildi.

Deputatlarning sa’yi-harakatlari bilan yo‘llarning 9,6 km qismi tekislanib, asfalt qoplamasi yangilandi.

Yo‘llarning ta’mirlash ishlari ham deputatlar nazoratida bo‘lib, yo‘llarning sifati, bajarilgan ishlar hajmi rejaga asosanligi tekshirildi.

Shuningdek, mas’ullarga yo‘llarni sifatli saqlash, kelgusida bunday loyihalarni kengaytirish borasida takliflar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish