Sayxunoboddagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining joriy holati ko‘zdan kechirildi

 

Qonunchilik palatasidagi fraksiyamiz a’zosi Zuhra Shodiyeva Sayxunobod tumanida joylashgan 1- va 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar davomida bolalar tarbiyasi va ta’limi uchun yaratilgan sharoitlar, muassasalarning moddiy-texnik bazasi hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishiga atroflicha e’tibor qaratildi.

Deputat yong‘inga qarshi vositalarning mavjudligi va yaroqliligi, evakuatsiya yo‘laklarining ochiqligi, favqulodda vaziyatlarda xodimlarning harakatlanish tartibi, elektr jihozlaridan foydalanishdagi xavfsizlik choralariga amal qilinishini ko‘zdan kechirdi.

Jarayonda aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan soha mutasaddilariga aniq tavsiyalar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish