Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O. Babayev hamda deputat J. Sadirov tomonidan Prezidentning 2023-yil 10-oktabrdagi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi qarori ijrosi yuzasidan tumandagi ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida tumanning “S. Rahimov”, “Markaziy”, “Navro‘z” hamda “Dahana” mahallalarida joriy ta’mirlash rejalashtirilgan ichki yo‘llar holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ta’mirtalab yo‘llarni tartibga keltirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.