Ichimlik suvi bilan bog‘liq muammo deputat nazoratiga olindi

 

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashidagi deputatimiz V.Xasanov tomonidan “Yangi hayot” mahallasida fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahallaning Bahoriston, Fazilat hamda Olchazor ko‘chalarida ichimlik suvi quvurlarining yorilishi oqibatida jiddiy muammolar yuzaga kelgani aniqlandi. Xususan, suv quvurlari yorilishi natijasida 11-ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismi suv bilan to‘lib, aholi uchun noqulaylik tug‘dirayotgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan V.Xasanov tegishli tashkilotlar bilan bog‘lanib, zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishib oldi. Shuningdek, ichimlik suvi quvurlarini ta’mirlash, yerto‘la qismidagi suvni chiqarish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish masalalari deputat nazoratiga olindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish