Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashidagi deputatimiz O‘tkirbek Noraliyev hududdagi “Darxon” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida mahalla faollari hududdagi bir qator dolzarb muammolarni bartaraf etishda xalq vakilidan yordam so‘radi.
Ma’lum qilinishicha, mahallaning “Nur” ko‘chasidagi simyog‘ochlar eskirib, almashtirishga muhtoj holatga kelib qolgan. Bundan tashqari mahalladagi avtobus bekatlari atrofidagi yo‘l qismida paydo bo‘lgan chuqurchalarga yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘plangani uchun fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgani aytilib, bekatlar atrofini asfaltlash va hududdagi ariq atrofidan o‘tgan gaz quvurlarini tuproqdan tozalashda amaliy yordam so‘rashdi.
Deputatimiz har masalani joyiga chiqib o‘rgandi va muammolar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarishga qaror qildi.