Deputatimiz Q.Qosimova Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2026-yildagi ijrosini ta’minlashga qaratilgan Davlat dasturi loyihasi yuzasidan targ‘ibot olib bordi.
Uchrashuv davomida hudud va korxona doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, ularning ijtimoiy nafaqalari o‘z vaqtida to‘lanishi borasidagi amaliy tadbirlar bilan tanishdi.
Deputat korxona ishchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan ijtimoiy, iqtisodiy muammolar va ish vaqtida salomatligini yo‘qotgan ishchilarning ijtimoiy muhofazasi borasida suhbatlashdi. Mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullar bilan kelishib olindi.