Deputat qurilish jarayoni va u yerdagi ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashidagi deputatimiz G.Risqulova hududdagi 41-umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari, ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Mas’ullarning aytishicha, ta’mirlash ishlari shu yilning fevral oyida tugashi reja qilingan. Ayni damda maktabdagi ta’mirlash ishlarining 75% bajarilgan va rejadagi vaqtda ishlar to‘liq tugatilib, muassasa ma’muriyatga foydalanish uchun topshiriladi.