Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Z.Shadiyeva hamda Sirdaryo viloyat kengashidagi deputatimiz Sh.Mamadetsoyev Sirdaryo tumanida joylashgan Ko‘zi ojizlar jamiyatiga qarashli ko‘p qavatli uylarda bo‘lib, u yerda yashovchi aholi bilan muloqot o‘tkazib, o‘rganish olib borgan edi.
O‘rganishlarda uy-joylarning infratuzilmasi eskirgani, ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari nosozligi, hudud obodonlashtirilmagani hamda ijtimoiy xizmatlar bilan bog‘liq bir qator muammolar ma’lum bo‘lgan. Deputatlarimiz tegishli davlat tashkilotlari va mutasaddi idoralarga deputatlik so‘rovi yuborishdi.
Natijada bugungi kunda ko‘p qavatli uylarning ichki va tashqi kommunikatsiya tizimlari ta’mirlandi. Ichimlik suvi ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilib, kanalizatsiya tizimlari yangilandi.
Shuningdek, hudud obodonlashtirilib, piyodalar yo‘laklari barpo etildi hamda yoritish va tozalash ishlari yo‘lga qo‘yildi.