Deputat tashabbusi bilan 9 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga elektron aravachalar hadya etildi

 

Partiyamiz Bekobod shahar Kengashi deputati X.Ibragimovaga hududda yashovchi nogironligi bor bolalarning ota-onasidan murojaat kelib tushdi. Murojaatga ko‘ra, bolalarga harakatlanish imkonini beradigan nogironlik aravachasi zarurligi aytilgan.

Deputat darhol tashabbus ko‘rsatib, bolajonlarga arava olish uchun homiylar izladi. Natijada topilgan homiylar ko‘magi bilan 9 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga elektron aravachalar hadya etildi.

Partiyamiz deputatlari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar aholini ijtimoiy muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand oilalarga, nogironligi bor insonlarga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berishga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish