Deputat tashabbusi bilan 53 ta xonadon suv bilan ta’minlandi

 

Partiyamiz Toshkent viloyat Kengashi deputati R.Shamsiyev Toshkent tumani Sanoat mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Hudud aholisi mahalla ichki ko‘chalariga shu paytgacha suv o‘tkazilmagani, bu borada Suvta’minoti korxonasiga ko‘p bora murojaat qilishlariga qaramasdan natija bo‘lmagani, shuningdek, ichki ko‘chalarda gaz, elektr va suv masalalarida muammolar mavjudligi, ya’ni kommunal masalalar rejasiz va tartibsiz amalga oshirilgani to‘g‘risida murojaat qilishdi.

Deputat R.Shamsiyev tashabbusi bilan mutasaddi tashkilot ko‘magida mahalla ichkarisiga 900 metr suv quvuri yotqizildi. Natijada, 53 ta xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Shuningdek, Mustaqillik mahallasi aholisi murojaatlariga asosan xonadonlar zaxlashiga sabab bo‘layotgan 200 metrlik zovur tozalanib, suv ravon o‘tadigan qilindi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish