Oqova suv tizimidagi muammolar masalasidagi murojaat o‘rganildi
Oqova suv tizimidagi muammolar masalasidagi murojaat o‘rganildi

 

Partiyamiz Guliston shahar kengashi deputati V.Xasanovga shaharning “Bahor” mahallasida yashovchi fuqarolardan oqova suv tizimidagi muammolar masalasida murojaat kelib tushgan edi.

Deputatimiz mahallaga borib, mavjud vaziyatni o‘rgandi. Aniqlanishicha, hududda oqova suv tizimi eskirgan, ayrim ko‘chalarda suv to‘planib qolayotgani va bu holat sanitariya-gigiyena talablariga zid keladi.

Deputat muammoni joyida hal qilish maqsadida shahar hokimligi, tuman suvsozlik tashkilotlari va mutasaddi idoralar bilan bog‘landi. O‘rganish natijalari asosida tegishli tashkilotlarga rasmiy deputat so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek, mahalladagi oqova tizimini bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilish, avariya holatidagi quvurlarni yangilash hamda kelajakda bunday holatlar takrorlanmasligi uchun zarur chora-tadbirlarni ko‘rish bo‘yicha mas’ul idoralarga tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish