Murojaatga yechim topildi

 

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashidagi deputatimiz M.Nizomiddinovga Parkent tumanining Fayzobod mahallasi fuqarolaridan murojaat kelib tushdi.

Murojaatga asosan, mahallaning Mustaqillik ko‘chasidan o‘tgan ko‘chaning tagidan oqava suv tarmog‘i o‘tgan va yo‘lning o‘sha qismida asfalt cho‘kib harakatlanish uchun noqulaylik paydo bo‘lgan.

Deputat ushbu masalani hal qilish uchun tegishli tashkilotlar bilan bog‘langan. Natijada Mustaqillik ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilib, muammo hal etilgan.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish