Qashqadaryo viloyat kengashi, viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi hamda kasbiy ko‘nikma markazi hamkorligida Qarshi shahrida “Imkon” loyihasi tashkil etildi.
Loyihaning maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarning ishsiz yoshlarini IT va xorijiy tillar bo‘yicha bepul kurslarda o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash, ishga joylashishiga ko‘maklashishdan iborat.
Loyihaga 100 nafar yoshlar jalb qilingan. Loyihaning dastlabki 20 nafar bitiruvchisiga shu kuni maxsus sertifikatlar topshirildi. Ularning o‘rniga yangilari qabul qilindi.
Aslida, ijtimoiy tenglikni ta’minlash hamma uchun teng va adolatli sharoit yaratishdan boshlanadi. Ushbu loyiha yoshlarga teng va adolatli sharoit yaratishga qaratilgan.