Deputat hududdagi muammolar bilan tanishdi
Oʼrganishlarda ma’lum bo‘ldki, mahallaning “Faoliyat” 2-ko‘chasidagi elektr sim va ustunlari yoroqsiz holatga kelgan, bundan tashqari ichki ko‘chalarning jami deyarli 3 km ta’mirga muhtoj.
Faoliyat ko‘chasining 410 m, Qangli ko‘chasining 1650 m, Buyuk Turon ko‘chasi 530 m shular jumlasidan.
Albatta aholi turmush tarzini yaxshilash uchun birinchi navbatda infratuzilma bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham deputat aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib, ularning yechimini topishga kirishib ketdi.