Deputatimiz saylovchilari oldida hisobot taqdim etdi

 

Boyovut tuman Kengashi deputati Axrorjon Ibadullayev «O‘zbekiston» mahallasida saylovchilar, ko‘cha boshlari hamda mahallaning faxriy nuroniylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot davomida deputat ularni qiynayotgan dolzarb masalalar, taklif va mulohazalarini tingladi.

Shuningdek, deputat 2025-yilning 2-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilar oldida hisobot taqdim etdi. Deputat tomonidan ko‘tarilgan muammolar yechimi bo‘yicha qilingan ishlar haqida aniq ma’lumotlar berildi.

«Aholi ishonchiga munosib javob berish — deputatlik burchimizdir», — deydi Axrorjon Ibadullayev.

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati
← Roʻyxatga qaytish