Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi U.Shermatov va partiyamiz faollaridan iborat ishchi guruhi manzilli o‘rganish doirasida Toshkent viloyati Parkent tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.
Maktab hududida o‘rnatilgan xavfsizlik choralari, kirib-chiqishni nazorat qilish, maktab hududiga begona shaxslarni kiritmaslik choralari, hududda jamoat tartibini saqlash va ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun o‘rnatilgan tartiblar o‘rganildi.
Shuningdek, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat bilan yaqindan tanishildi.
Mamlakatimizda tibbiy-sanitariya xizmati ko‘rsatish sifati va samaradorligi, sog‘lom turmush tarzi yangi bosqichga ko‘tarilgani aytib o‘tildi. Soha vakillari bilan muloqotda aholi bilan ishlashda ochiqlik va oshkoralik masalalariga alohida e’tibor berish, murojaatlarni tahlil qilib borish muhimligi qayd etildi.
Ishchi guruhning Parkent tumanidagi “Qayilma” va “Oybek” MFY da olib borilgan o‘rganishlari davomida mahalla yettiligi faoliyati ham o‘rganilib, belgilangan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Hududdagi ijtimoiy masala va muammolarni hal etish bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlari faol ish olib borish zarurati haqida fikr bildirildi. Mahalla faollari yuzma-yuz muloqot samimiy va samaradorlik ruhida o‘tdi.