|
|
|
07.02.2012 /
Anjumanlar
Elektorat murojaatlari
O‘zbekiston XDP tashkilotlarida tashkil etilgan Jamoatchilik qabulxonalari partiyamiz dasturida ko‘zda tutilgan vazifalarni amalga oshirishda alohida o‘rin egalladi. Ular elektorat bilan yaqin hamkorlik qilish, mavjud muammolarni aniqlash va tahlil etish, eng muhimi, ularning maqbul yechimini topishda ta’sirchan omillardan biriga aylandi. Batafsil ...
31.01.2012 /
Anjumanlar
Muammoni bilish va yechish
O‘zXDP Buxoro viloyat, tuman va shahar kengashlari huzurida 13 ta jamoatchilik qabulxonasi faoliyat ko‘rsatadi. 2011 yilda ularga 938 ta ariza va murojaat tushdi. Kishilar asosan, kommunal soha, ishga joylashish, sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy masalalarda ko‘mak so‘raydi. Batafsil ...
31.12.2011 /
Anjumanlar
Ekspertlar guruhining majlisi
Yangi yil arafasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining Axborot-uslubiy markazida O‘zXDP MK huzuridagi mafkura masalalari bo‘yicha Ekspertlar guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyamizning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari, iqtisodchi-olimlar, siyosatshunos va huquqshunoslar, turli sohalarning yuqori malakali mutaxassislari, partiya faollari ishtirok etdi. Batafsil ...
18.10.2011 /
Anjumanlar
Dori vositalari sifati
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi Toshkent farmatsevtika institutida «Aholini sifatli dori vositalari bilan ta’minlashning ahvoli: muammo va yechimlar» mavzusida konferensiya tashkil qildi. Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa mutasaddi tashkilot mutaxassislari ishtirok etdi. Batafsil ...
07.11.2010 /
Anjumanlar
VAZIFALAR O‘Z VAQTIDA BAJARILISHI ZARUR
O‘zXDP Markaziy Kengashida partiya tashkilotlarining mafkuraviy, targ‘ibot-tashviqot ishlarini kengaytirish, elektorat bilan ishlashda zamonaviy usullar va umume’tirof etilgan siyosiy texnologiyalardan foydalanish masalalari bo‘yicha ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda guruh ishini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. — Boshqa siyosiy partiyalarning targ‘ibot-tashviqot ishlarini tahliliy o‘rganish ular bilan bahsga kirishish uchun juda muhim, — dedi O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Sharbat Abdullayeva. — Ammo tahlillar partiya ayrim mahalliy tashkilotlarining mazkur sohadagi ishlarida kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatayapti. Joylardagi partiya tashkilotlarimiz boshqa partiyalarning faoliyatidan yetarlicha xabardor bo‘lishi, ayni paytda partiyamiz Harakat dasturida belgilangan dolzarb vazifalarni bajarishda elektorat bilan izchil hamkorlik qilishi zarur. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Dilbar Xoliqova partiya tashkilotlarining tashviqot ishlari monitoringi masalasiga to‘xtaldi. — Mahalliy va boshlang‘ich tashkilotlarimizda partiyalar matbuotini muntazam kuzatib borish ko‘nikmasini rivojlantirish kerak, — deya ta’kidladi u. — Bunda, ayniqsa, OAV, xususan, partiya matbuoti imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Yig‘ilishda, shuningdek, O‘zXDPning dasturiy vazifalariga oid targ‘ibot ishlarini yaxshilash va ko‘rgazmali materiallarni tayyorlashda zamonaviy usullarni malakali qo‘llash, partiya tizimida tashkil etilayotgan «Mahalla — manzilli ijtimoiy himoya maskani» mavzusidagi tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari ham tahlil etilib, guruh a’zolari va O‘zXDP Markaziy Kengashi ekspertlarining bu boradagi fikrlari tinglandi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan ishchi guruhi zimmasidagi vazifalar belgilab olindi. To‘lqin TO‘RAXONOV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri. Batafsil ...
18.10.2010 /
Anjumanlar
AXBOROT-KUTUBXONA FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI
mustahkamlanmoqda, xalqimizning bebaho ma’naviy boyligini asrab-avaylash choralari ko‘rilmoqda Prezidentimizning 2006 yil 20 iyundagi «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori bu tizimning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Mazkur hujjat e’lon qilinganidan so‘ng mamlakatimizning barcha hududlarida axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari tashkil etilib, an’anaviy kutubxonalar o‘rnini zamonaviy texnologiyalarga asoslangan axborot-kutubxonalar egalladi. Biroq hayot tajribasi sohadagi islohotlarni izchil davom ettirish, buning uchun avvalo qonuniy bazani takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Ayni paytda loyihani takomillashtirish, ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Kecha Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamkorligida tashkil etilgan «Axborot-kutubxona faoliyatining huquqiy asoslari» mavzusidagi respublika videokonferensiyasi ham ana shu masalaga bag‘ishlandi. Unda Qonunchilik palatasi deputatlari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston milliy kutubxonasi, axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari xodimlari, soha mutaxassislari ishtirok etdi. — Ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi, — dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zXDP fraksiyasi a’zosi Hafiza Karimova. — Prezidentimiz «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asarida ta’kidlaganidek, «Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan tortib bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-minglab qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya, me’morlik, dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir». Bu boylikni asrash, avlodlarga o‘z holicha yetkazish bizning burchimizdir. Qonun loyihasida ana shu jihatlar hisobga olingan. Xususan, axborot-kutubxona muassasalari moddiy-texnika ta’minotini yanada yaxshilash, fondlarni saqlash me’yorlari va shart-sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydigan binolarga ko‘chirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Axborot-kutubxona muassasalarida samarali xizmat ko‘rsatishni kafolatlaydigan, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan, jismoniy imkoniyatlari cheklangan foydalanuvchilarni maxsus texnika vositalari orqali ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan asosiy talablar mustahkamlangan. — Keyingi yillarda mamlakatimizda kutubxonachilik sohasini zamon talablari asosida rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, — dedi O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining o‘rinbosari Asadjon Xodjayev. — Ammo shu vaqtga qadar sohaga oid qonun yo‘q edi. Biz boshqa tegishli hujjatlar asosida ish olib borar edik. Qonunning pishiq, puxta, zamonaviy talablarni har tomonlama hisobga olgan holda ishlab chiqilishi soha faoliyatini yangi bosqichga olib chiqadi deb o‘ylayman. Darhaqiqat, amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugun respublikamizda axborot-kutubxona muassasalarining umumiy soni 11850 dan oshdi. Birgina joriy yilning o‘zida Davlat byudjetidan axborot-kutubxona muassasalari faoliyati uchun 47 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Shuningdek, «Barkamol avlod yili» Davlat dasturi doirasida elektron kutubxona tizimini bosqichma-bosqich shakllantirish va integratsiyalashgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish bo‘yicha 2010-2015 yillarga mo‘ljallangan Dastur ishlab chiqilib, unga asosan davlat byudjeti, bajaruvchilar va homiylar hisobidan 89 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Videokonferensiya ochiq muloqot asosida o‘tdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda ham bir vaqtning o‘zida konferensiyalar tashkil etilib, mutaxassislar joylarning o‘zida turib qonun loyihasi yuzasidan mulohazalari va takliflar bildirish, fikr almashish, savollariga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar. Bahs-munozaralarda tajribadan kelib chiqib, axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning zamonaviy usullarini keng joriy etish, kutubxonalarning aholi intellektual, madaniy va ma’naviy saviyasini o‘stirishdagi rolini oshirish, ta’lim muassasalari axborot-resurs markazlarini boyitib borish, ularni ZiyoNET axborot tarmog‘iga ulash borasida hamda boshqa aniq takliflar bildirildi. Shuningdek, axborot-kutubxona resurslarini shakllantirishda zamonaviy kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, axborot xurujlari kuchaygan sharoitda milliy qadriyatlar va o‘zligimizni asrash, yoshlar ongi va ma’naviyatini shakllantirishda axborot oqimining ta’siri hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida alohida so‘z yuritildi. Anjuman yakunida bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar qonun loyihasini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Behzod SHUKUROV, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri Batafsil ...
12.10.2010 /
Anjumanlar
MAHALLA — MANZILLI IJTIMOIY HIMOYA MASKANI
Jamiyatimizda mahalla institutining o‘rni va nufuzi tobora ortib borayapti. Mavjud siyosiy partiyalar aholi orasiga yanada chuqurroq kirib borishda bu institutning imkoniyati katta. Shu bois, Xalq demokratik partiyasi elektorat manfaati yo‘lidagi vazifalar ijrosini ta’minlashda mahallalar bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilmoqda. O‘zXDP Markaziy Kengashi hamda Sobir Rahimov tuman kengashi tashabbusi bilan «Ahil» mahalla fuqarolar yig‘inida «Mahalla — manzilli ijtimoiy himoya maskani» mavzuida davra suhbati tashkil etilgani ham shu hamkorlik tufaylidir. Unda partiya faollari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda mahallada ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda nodavlat tashkilotlar hamkorligidan foydalanish, ijtimoiy himoyaning manzilligini ta’minlashda mahalla faollarining mas’uliyati va vazifalari, aholi, shu jumladan, yoshlarning ish bilan bandligi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish kabi qator masalalarga e’tibor qaratildi. Sharbat ABDULLAYEVA, O‘zXDP Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari: — Partiyamiz Harakat dasturida mahalla bilan mustahkam aloqada faoliyat yuritish belgilab qo‘yilgan. Chunki aholining turmush tarzi, kim, qaysi oila yordamga muhtojligi, bu muhtojlik nimalardan iboratligini mahalla hammadan ko‘ra ko‘proq biladi. Shu orqali elektoratimiz muammolarini o‘rganamiz. Bu esa tegishli masalalarni deputatlarimiz oldiga qo‘yib, qonuniy yechimini topishga asos bo‘ladi. Hamkorlikda harakat qilsak, mahallaning ham, partiyamizning ham oldida turgan vazifalar samarali yechim topadi. Muqaddam HASANBOYEVA, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bosh mutaxassisi: — Davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga mustahkam asos bo‘lgan besh tamoyildan biri aholini kuchli ijtimoiy himoya qilishdir. Bu borada asosan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, bevosita mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining faol ishtiroki muhim. Hukumatimiz tomonidan aholining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoyalash uchun ajratilgan mablag‘ni o‘rinli, aynan ehtiyojmand kishilarga yo‘naltirishda mahallaning o‘rni beqiyos. Ijtimoiy himoyaning manzilliligi bevosita mahalla raisi, maslahatchisi va faollari orqali ta’minlanadi. Biz ham shu tamoyilga asosan faoliyat yuritamiz. Prezidentimizning ijtimoiy himoya masalalariga oid ko‘plab qaror va farmonlari ijrosida bevosita mahalla faollariga suyanib ish ko‘ramiz. Abdumavlon RAHIMOV, «Mahalla» jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi: — Tumanda 57 ta mahalla bor. Ularning barchasida mahalla guzarlari, maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, o‘quv muassasalari faoliyat yuritadi. Mahalla fuqarolar yig‘inlarida barcha sharoitlar yaratilgan. Biz turli tashkilotlarni jalb qilgan holda mahallalar bilan hamkorlikda turli tadbirlar uyushtiramiz, bayramlar munosabati bilan qarovchisini yo‘qotgan keksalar, nogironlar, faxriylar holidan xabar olamiz. Kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p bolali oilalarga moddiy va ma’naviy ko‘mak beramiz. Zero, Yurtboshimiz aytganidek, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson uchun, uning manfaati uchundir. Abduxoliq VAHOBOV, «Ahil» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi: — Mahallamizda 1200 dan ortiq xonadon bo‘lib, 7200 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuning 52 nafari boquvchisini yo‘qotgan, nogironlar. Ular doimiy e’tiborda. Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda. Ammo bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish, mehr-oqibat, ijtimoiy birdamlikni kuchaytirishda O‘zXDP bilan hamkorlikni izchil olib borishimiz zarur, deb hisoblayman. Shuningdek, tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ziyovuddin Mansurov, tuman bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori Muzaffar Muhammadiev, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi xodimlari so‘zga chiqib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi. Davra suhbati ishtirokchilari mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Prezidentimiz Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida mahallaning aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan bog‘liq masalalarni yechish, joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash borasidagi hissasi tobora kuchayib borayotganini ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatining huquqiy asosini, ijtimoiy masalalarni yechish tizimini takomillashtirish vazifalari haqida ham fikrlashib olindi. Gulruh ODASHBOYEVA, «O‘zbekiston ovozi» muxbiri. Batafsil ... |