O‘zbekiston Õalq demokratik partiyasi (qisqacha nomi – O‘zbekiston ÕDP) turli ijtimoiy tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalovchi va o‘zining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ko‘ngilli tarzda birlashtiruvchi siyosiy partiyadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari va ushbu Ustav O‘zbekiston ÕDP faoliyatining qonuniy asoslaridir.
2. O‘zbekiston ÕDPning bosh maqsadi
O‘zbekiston ÕDPning bosh maqsadi - har bir oila va mehnat kishisining, millati, dini, siyosiy e’tiqodi, ijtimoiy ahvoli va kelib chiqishidan qat’iy nazar tinch hayot kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini, konstitusiyaviy huquqlari va insoniy erkinliklari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Partiya o‘zining asosiy ijtimoiy tayanchi – ishchilar, qishloq mehnatkashlari, muhandis-teõnik õodimlar, olimlar va madaniyat arboblari, o‘qituvchi va shifokorlar, õizmatchilar, o‘quvchi yoshlar va nafaqaõo‘rlarning manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda kuchli huquqiy demokratik davlat, insonparvar, adolatli jamiyat qurishning izchil tarafdori sifatida harakat qiladi.
Partiya, O‘zbekistondagi siyosiy kuchlarning so‘l qanoti sifatida, mamlakatda siyosiy va iqtisodiy erkinliklar, demokratiya va qonuniylik, tenglik va ijtimoiy adolat kabi umuminsoniy tamoyillardan kelib chiqib, jamiyatdagi har bir kishining tinch va osoyishta hayoti, farovonligi va butun mamlakatning gullab-yashnashini ta’minlaydigan siyosiy va davlat tuzilishiga intiladi.
3. O‘zbekiston ÕDP faoliyatining asosiy vazifalari
O‘zbekiston ÕDP faoliyatining asosiy vazifalari quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon – Qonunchilik palatasi) va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarda, ularda o‘z vakilligini ta’minlash maqsadida ishtirok etish;
saylovlarda tegishli natijalarga erishganda, partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasini va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida deputatlik guruhlarini tuzish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda qonunlar va boshqa davlat qarorlarini tayyorlashda ishtirok etish huquqlarini amalga oshirishdan foydalanish;
partiyadan Qonunchilik palatasi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan deputatlarga o‘z deputatlik vakolatlarini tegishli saylov okruglarida ijro etishlariga bevosita ko‘maklashish;
mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vaziyat ustidan monitoringni olib borish, uning asosida mavjud muammolarni va ularni hal etish imkoniyatlarini aniqlash, partiyaning tegishli dasturiy hujjatlari va takliflarini ishlab chiqish, bunga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish;
aholi o‘rtasida partiyaning reytingi va jamoatchilik fikrini o‘rganish;
partiyaning dasturiy maqsadlari va vazifalari, qarorlarini targ‘ib qilish, uning organlari va tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi aõborotlarni erkin tarqatish, partiyaning jamiyatdagi ijobiy imijini yaratish maqsadida yig‘ilishlar, konferensiyalar va boshqa ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni o‘tkazish, partiya saflariga yangi a’zolarni tortish va aholi orasida uning tarafdorlari sonini ko‘paytirish;
nashriyotlar, aõborot agentliklari, ommaviy aõborot vositalarini ta’sis etish hamda noshirlik faoliyatining boshqa shakllarini amalga oshirish;
partiya a’zolari va tarafdorlari o‘rtasida, ularning siyosiy va fuqarolik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ma’rifiy ishlarni olib borish;
partiyaga qabul qilish, partiya a’zolari hisobini yuritish, partiya organlari va tashkilotlarini tuzish, tugatish va qayta tashkil etishga oid ishlarni, qonunchilikda va mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan partiya va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
partiya tashkilotlari faollarining turli toifalari uchun, ularda partiyaning Ustav faoliyatini tashkil qilishning tegishli ko‘nikmalarini hosil etish maqsadida, turli shakllardagi o‘quv va aõboriy-maslahat ko‘magini tashkil etish;
Ustav vazifalarini amalga oshirish uchun foydalanadigan partiya mulki ob’ektlarini rivojlantirish va ishlatish uchun yaroqli holatda saqlab turish.
Partiya o‘zining Ustav vazifalarini amalga oshirishi uchun binolar, inshootlar, uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari va boshqa mol-mulkka ega bo‘lishi, shuningdek, tegishli ishlab chiqarish, tadbirkorlik va õo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin.
4. O‘zbekiston ÕDP faoliyatining hududi
O‘zbekiston ÕDP o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarida amalga oshiradi.
5. O‘zbekiston ÕDP markaziy organlarining qarorgohi
O‘zbekiston ÕDP markaziy organlari Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 5-binoda joylashgan.
II. O‘ZBEKISTON ÕDP TUZILMASI
6. O‘zbekiston ÕDP a’zolari birlashuvining asosiy tamoyillari
Partiya a’zolari birlashuvining asosiy tashkiliy shakli O‘zbekiston Respublikasining tegishli ma’muriy-hududiy sub’ektlari doirasida tuziladigan hamda partiya a’zolarini bevosita turar joyi, kasb-kori yoki jamoatchilik faoliyati bo‘yicha birlashtiruvchi partiya tashkilotlaridir.
Davlat hokimiyatining qonunchilik-vakillik organlarida partiyadan saylangan deputatlardan iborat tuziladigan deputatlik birlashmalari ushbu organlarda partiya manfaatlarini ifodalashning tashkiliy shaklidir.
Partiyaning saylovlarda ishtiroki bilan bog‘liq Ustav faoliyatini amalga oshirish uchun saylov okruglarida partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalari tuzilishi mumkin.
Dasturiy vazifalarni hal etish maqsadida partiya a’zolarining boshqa shakldagi birlashmalaridan ham foydalanish mumkin.
7. O‘zbekiston ÕDP tashkilotlari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri doirasida tuman va shaharlarda tuziladigan partiya tashkilotlarini birlashtirish uchun;
respublika va viloyatga bo‘ysunadigan tuman va shaharlar doirasida, shuningdek, lozim topilgan hollarda, ular tarkibiga kiradigan hududlar va aholi yashash punktlarida boshlang‘ich partiya tashkilotlarini birlashtirish uchun tuziladi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari, kamida uch nafar partiya a’zosini bevosita birlashtirish maqsadida, ularning istiqomat joyi, kasb-kori va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha, shunday birlashuv uchun qonuniy cheklovlar bo‘lmagan hollarda tuziladi. Zarur hollarda boshlang‘ich partiya tashkilotlari tarkibida partiya guruhlari tuzilishi mumkin.
Partiya tashkilotlarini hamda ular tarkibidagi partiya guruhlarini tuzish, qayta tashkil etish (bo‘lish, qo‘shish va boshqalar) va tarqatish tartibi mazkur Ustav bilan belgilanadi.
8.Partiyaning deputatlik birlashmalari
Partiya manfaatlarini davlat hokimiyati qonunchilik-vakillik organlarida uyushqoqlik bilan ifodalash maqsadida qonunda belgilangan tartibda:
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Õalq demokratik partiyasining fraksiyasi – Qonunchilik palatasiga partiyadan saylangan deputatlardan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston Õalq demokratik partiyasining deputatlik guruhlari – davlat hokimiyati tegishli vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlardan tuziladi.
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasining faoliyati partiya markaziy rahbar organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlari faoliyati partiyaning tegishli rahbar organlari tomonidan muvofiqlashtiriladi.
9. Saylov okruglaridagi partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalari
Qonunchilik palatasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov okruglaridagi partiya guruhlari, tegishli saylov okrugi bo‘yicha partiyadan deputatlikka ko‘rsatilgan nomzodlarning saylovoldi mavsumini tashkiliy va targ‘ibiy-tashviqiy jihatdan ta’minlaydigan partiya a’zolarini birlashtirish va okrug saylovchilarida partiyaning ijobiy imijini yaratish maqsadida tuziladi.
Ushbu maqsadlarda:
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – O‘zbekiston ÕDP tuman, shahar tashkilotlari birlashmalari;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – boshlang‘ich partiya tashkilotlari birlashmalari tuzilishi mumkin.
Partiya rahbar organining partiya tashkilotlari birlashmalarini tuzish to‘g‘risidagi qaroriga binoan, saylov okruglaridagi tegishli partiya guruhlari rahbarlariga saylov mavsumini olib borish bo‘yicha partiya tashkilotlari birlashmalarining faoliyatini muvofiqlashtirish huquqi berilishi mumkin.
Saylov okruglarida partiya guruhlari va partiya tashkilotlari birlashmalarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mining qarori bilan tasdiqlanadi.
10 . O‘zbekiston ÕDP a’zolari birlashmalarining boshqa shakllari
Partiya a’zolari va partiya saylanma organlarining tashabbusi bilan partiya klublari, siyosiy markazlar, qiziqishlar va muammolar, shu jumladan, kasb-kor bo‘yicha ham birlashishning õilma-õil shakllari tashkil qilinishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Ular partiyaning dasturiy hujjatlariga asoslanib turli masalalarni muhokama qiladilar, o‘z takliflarini ishlab chiqadilar va ularni har qanday darajadagi partiya tashkilotlari hamda ularning saylanma organlari muhokamasiga kiritadilar.
III. O‘ZBEKISTON ÕDP A’ZOLIGIGA QABUL QILISH, A’ZOLIKDAN CHIQARISH SHARTLARI VA TARTIBI. PARTIYA A’ZOLIGINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
11. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikning qayd etilishi
O‘zbekiston ÕDPga a’zolik yagona namunadagi partiya bileti bilan shahodatlanadi va yakka tartibda qayd etiladi. Yagona partiya biletining namunasi O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi tomonidan tasdiqlanadi
12. O‘zbekiston ÕDP ga a’zolik shartlari
O‘zbekiston ÕDPga O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, partiyaning dasturiy maqsadlarini e’tirof etuvchi, uning Ustavi talablarini bajaruvchi va partiyani moddiy mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlab turuvchi fuqarosi a’zo bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston ÕDPga a’zolik fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini cheklamaydi. Uning a’zosi bir paytning o‘zida boshqa siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
13. O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga qabul qilish tartibi
O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga qabul yakka tartibda, unga kiruvchining arizasiga muvofiq boshlang‘ich partiya tashkilotida amalga oshiriladi.
Ilgari boshqa siyosiy partiyalar a’zosi bo‘lib, ular tarkibidan chiqqan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga umumiy tartibda qabul qilinadilar.
14. O‘zbekiston ÕDP a’zolarining huquqlari
O‘zbekiston ÕDPning barcha a’zolari teng huquqlidirlar. Ular quyidagi huquqlarga egadirlar:
o‘z nuqtai nazarlarini erkin bayon etish, partiya siyosati va uning ichki turmushi masalalarini ko‘tarib chiqish, muhokama qilish, ular yuzasidan qarorlarning ishlab chiqilishida qatnashish;
partiya organlariga saylash va saylanish, ularning ishi haqida aõborot olish;
barcha daraja lar dagi davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish uchun partiyadan nomzod etib ko‘rsatilish;
har qanday partiya organi hamda partiyaning istalgan a’zosi faoliyatiga baho berish va ularni tanqid qilish;
har qanday partiya organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish va undan javob olish;
faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiq olib boriladigan hamda partiyaning dasturiy maqsadlari va Ustavi qoidalariga zid bo‘lmagan ommaviy jamoat tashkilotlari hamda harakatlarning ishida qatnashish.
15. O‘zbekiston ÕDP a’zolarining majburiyatlari
Partiya a’zosi:
partiya Ustavi talablarini bajarishga;
partiya tashkilotlari hamda partiya saylanma organlarining qarorlarini ijro etishga;
partiyaning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilish va ro‘yobga chiqarishda qatnashish, uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini kuchaytirishga erishishga;
boshlang‘ich partiya tashkilotining hayoti va faoliyatida ishtirok etishga;
partiyaga a’zolik badallarini muntazam to‘lab turishga majburdir.
16. O‘zbekiston ÕDP tashkilotlari va partiya saylanma organlarining majburiyatlari
Partiya tashkilotlari va partiyaning saylanma organlari:
barcha partiya tashkilotlarida partiyaviy birodarlik munosabatlarini ta’minlashlari, partiya a’zolarining huquqlarini himoya qilishlari;
zarurat tug‘ilganda, partiya a’zolarining ijtimoiy faoliyatiga siyosiy jihatdan ko‘maklashishlari;
partiya a’zolarining konstitusiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilgan hollarda, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishlari shart.
17. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni vaqtincha to‘õtatish va qayta tiklash
O‘zbekiston ÕDP a’zosi boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan kelishgan holda o‘zining partiyaga a’zoligini vaqtincha to‘õtatib turishi mumkin. Bu haqda u boshlang‘ich partiya tashkilotini yozma ravishda, o‘zi qabul qilgan qarori sabablarini ko‘rsatgan holda, õabardor qiladi.
O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni vaqtincha to‘õtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi partiya a’zosining qarori boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinadi va tegishli partiya kengashiga etkaziladi.
18. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni to‘õtatish
O‘zbekiston ÕDPga a’zolik boshlag‘ich partiya tashkiloti qaroriga ko‘ra:
partiya a’zosi O‘zbekiston ÕDP Ustavi talablariga zid õatti-harakatlari va õulq-atvori uchun uning saflaridan o‘chirilganda;
partiya a’zosining O‘zbekiston ÕDP bilan aloqasi uzilgani qayd qilinganda;
partiya a’zosining iõtiyoriy ravishda O‘zbekiston ÕDP safidan chiqqanida to‘õtatiladi.
19. O‘zbekiston ÕDP a’zosini O‘zbekiston ÕDP saflaridan chiqarish tartibi
Boshlang‘ich partiya tashkiloti, yuqori partiya organlari partiya a’zosining O‘zbekiston ÕDP Ustavi talablariga zid õatti-harakatlari uchun uni partiya saflaridan o‘chirishlari mumkin.
Bu haqdagi qaror partiya tashkiloti yig‘ilishi yoki yuqori partiya organi tomonidan qabul qilinadi va tegishli tashkilot hisobida turuvchi partiya a’zolarining yoki mazkur saylanma organ a’zolarining yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.
O‘zbekiston ÕDPdan chiqarilgan kishi bir yil mobaynida yuqori partiya organlariga shikoyat arizasini berish huquqiga ega. SHikoyat arizasi tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi.
20. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni to‘õtatish tartibi
Uzrli sabab lar siz uch oydan ortiq vaqt davomida a’zolik badallarini to‘lamagan yoki ustav majburiyatlarini bajarmagan O‘zbekiston ÕDP a’zosi to‘g‘risidagi masala boshlang‘ich partiya tashkilotida ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar partiya a’zosining O‘zekiston ÕDP bilan aloqani uzganligi aniqlansa, u holda, uning partiyaga a’zoligini to‘õtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Partiya bilan aloqasi uzilganligi sababli O‘zbekiston ÕDPga a’zoligini to‘õtatish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat-ariza partiya saflaridan chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha shikoyat-arizalarni ko‘rib chiqish tartibida ko‘rib chiqiladi.
21. O‘zbekiston ÕDP saflaridan iõtiyoriy chiqish tartibi
O‘zbekiston ÕDP saflaridan iõtiyoriy chiqishga qaror qilgan partiya a’zosi bu haqda tegishli boshlang‘ich partiya tashkilotini yozma ravishda õabardor qiladi.
O‘zbekiston ÕDP a’zosining partiya saflaridan iõtiyoriy chiqish to‘g‘risidagi qarori boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinadi va tegishli tuman, shahar partiya kengashiga etkaziladi.
IV. O‘ZBEKISTON ÕDPning TARKIBIY BO‘G‘INLARINI TUZISH, QAYTA TASHKIL ETISH VA TARQATISH TARTIBI
22. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarini tuzish, qayta tashkil etish va tarqatish tartibi
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari partiya a’zolarining turar-joylari, kasb-kor va jamoatchilik faoliyatlari bo‘yicha, ushbu partiya tashkiloti a’zolarining fikrini hisobga olgan holda, tegishli tuman, shahar partiya kengashlari qarori bilan tuziladi, qayta tashkil etiladi (qo‘shiladi, bo‘linadi) va tarqatiladi.
Boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida partiya guruhlarini tuzish, shuningdek, ularni qaytadan tashkil etish (qo‘shish, bo‘lish) va tarqatish bo‘yicha tegishli yig‘ilishlarni boshlang‘ich partiya tashkilotining raisi tashkil etadi. Partiya guruhi kamida uch partiya a’zosini bevosita birlashtirish uchun tuziladi.
Yangi tashkil etilayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti, partiya guruhi uning ta’sis yig‘ilishining bu to‘g‘ridagi qarori qabul qilinganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.
23.Hududiy partiya tashkilotlarini tuzish, qayta tashkil etish va tarqatish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish
Hududiy partiya tashkilotlari qoida tariqasida, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga tegishli o‘zgarishlarga ko‘ra tuziladi, qayta tashkil etiladi (qo‘shiladi, bo‘linadi) va tarqatiladi.
24. Hududiy partiya tashkilotining tashkil etilishi
Hududiy partiya tashkilotlari O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qarori bilan tuziladi.
Hududiy partiya tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda tashkiliy qo‘mita tuziladi va bir oy davomida ta’sis konferensiyasini chaqiradi.
25. Hududiy partiya tashkilotining yuridik shaõs maqomi
Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar partiya tashkilotlari, shuningdek, ular tarkibiga kiruvchi tuman, shahar partiya tashkilotlari yuridik shaõs maqomiga egadirlar.
Yangidan tuzilgan hududiy partiya tashkiloti qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tegishli hududiy sub’ekti adliya organida ro‘yõatga olingandan keyin yuridik shaõs maqomini oladi.
26 . Hududiy partiya tashkilotlari faoliyatini to‘õtatish tartibi
Hududiy partiya tashkiloti faoliyati O‘zbekiston ÕDP MK Siyosiy ijroqo‘mining uni qayta tashkil etish (qo‘shish, bo‘lish) yoki tarqatish to‘g‘risidagi qarori bilan, tegishli partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi zimmasiga tugatish komissiyasi vazifalarini yuklash orqali, to‘õtatiladi.
27. O‘zbekiston ÕDP faoliyatini tugatish tartibi
O‘zbekiston ÕDP faoliyati , u o‘zini o‘zi tarqatib yuborishi natijasida, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qayd etilgan asoslar bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ning qaroriga muvofiq tugatilishi mumkin.
O‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni partiya qurultoyi, uning barcha tashkilotlari fikrini hisobga olib qabul qiladi va qurultoy delegatlarining kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda, haqiqiy deb hisoblanadi.
O‘zbekiston ÕDP faoliyati to‘õtatilgan taqdirda, yuridik shaõsni tugatish yuzasidan qonunda ko‘zda tutilganishlar tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa yuridik shaõslar bilan o‘zaro hisob-kitoblar qilingandan so‘ng partiya mulki Ustavda ko‘zda tutilgan yoki tugatish komissiyasi belgilagan maqsadlarga yo‘naltiriladi.
28. O‘zbekiston ÕDPning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlarida partiya deputat guruhlarini tuzish va ular faoliyatini to‘õtatish tartibi
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarini tuzish va faoliyatini to‘õtatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Saylov okruglaridagi partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalarini tuzish va tugatish tartibi
Saylov okruglaridagi partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalari zaruratga qarab:
Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qarori bilan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – O‘zbekiston ÕDP tegishli hududiy kengashlari ijroiya qo‘mitalari qarori bilan tuziladi va tugatiladi.
V. O‘ZBEKISTON ÕDPning RAHBAR, IJROIYA VA NAZORAT ORGANLARI
5.1. O‘zbekiston XDPning ràhbàr, ijroiya và nàzoràt orgànlàrini tuzish hàmdà faoliyatini tàshkil etishning àsosiy tàmoyillàri
30-modda. O‘zbekiston ÕDP rahbar, ijroiya va nazorat organlarining saylab qo‘yilishi
O‘zbekiston ÕDPning barcha rahbar, ijroiya va nazorat organlari saylab qo‘yiladilar.
Partiya a’zolari partiya organlarini saylash chog‘ida, nomzodlarni cheklanmagan miqdorda, shu jumladan, o‘z nomzodini ham ko‘rsatish va dalillar asosida rad qilish huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi, hududiy partiya tashkiloti organi a’zosi bir vaqtning o‘zida tegishli partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Partiya organlarining tarkibi ularning vakolatlari muddati tugashidan avval yangilanishi yoki to‘la-to‘kis qaytadan saylanishi mumkin.
31. O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlarining mustaqilligi
O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlari, yuqori partiya tashkilotlari oldida ularning qarorlarini bajarish yuzasidan hisobdorlik qoidasiga amal qilgan holda, o‘z vakolatlari doirasida qarorlarni mustaqil qabul qiladilar.
32. O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlarining qaror qabul qilishlari tartibi
Partiyaning rahbar va ijroiya organlari qarorlari ovoz berish orqali, oddiy yoki belgilangan qatnashchilarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovoz berish va uning yakunlarini hisoblash tartibi, agar mazkur Ustavda uning boshqacha yo‘li ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, tegishli partiya organi yig‘ilishi ishtirokchilarining iõtiyoriga ko‘ra belgilanadi.
33.O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlari qarorlarining majburiyligi
O‘zbekiston ÕDP rahbar yoki ijroiya organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari tegishli partiya organi birlashtirgan barcha partiya tashkilotlari va partiya a’zolari uchun majburiydir.
O‘zbekiston ÕDP rahbar yoki ijroiya organi tomonidan qabul qilingan qarorlar partiyaning dasturiy maqsadlari va uning Ustaviga zid bo‘lmasa, yuqori partiya organlari tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Partiya a’zoligidan chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar bundan mustasno.
34. O‘zbekiston ÕDP saylanma organlari va tashkilotlari faoliyatida jamoatchilik asoslari
Partiya tashkilotlari, u lar ning saylanma organlari, asosan, jamoatchilik asosida ishlaydilar. Ular partiyaning Ustav faoliyati masalalarini hal etish uchun partiya a’zolari va boshqa fuqarolarni jamoatchilik ishlariga jalb etishning qonunchilikka zid bo‘lmagan har qanday shakllaridan foydalanishlari mumkin. Bunda tegishli vazifalar ishdan tashqari vaqtda bajarilishi shart.
35 . O‘zbekiston ÕDP ijroiya organlari ishchi apparati
O‘zbekiston ÕDP ijroiya organlari, o‘z vakolatlari davrida, Ustav faoliyatlarini aõborot-tahlil, taõminiy- sosiologik , moliyaviy-õo‘jalik, tashkiliy va maslahatlashuv õizmati bilan ta’minlash uchun o‘zlariga bo‘ysunadigan, mehnat shartnomalariga muvofiq tashkil qilinadigan ishchi apparatini tuzadilar.
Apparat õodimlariga nisbatan mehnat, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik qo‘llaniladi.
36. O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlari faoliyatini nazorat qilish
O‘zbekiston ÕDP rahbar va ijroiya organlari faoliyati ustidan nazorat qilish ularning vaqti-vaqti bilan tegishli partiya tashkilotlari va yuqori partiya organlari oldida hisobot berishlari bilan ta’minlanadi.
O‘zbekiston ÕDP organlari, tashkilotlarining moliyaviy-õo‘jalik faoliyati va partiya byudjetining to‘g‘ri shakllanishi hamda mablag‘larning sarflanishi ustidan nazorat O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi va hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.
5.2. O‘zbekiston XDPning oliy hàmdà màrkàziy ràhbàr và ijroiya orgànlàri
37. O‘zbekiston XDP qurultoyi
O‘zbekiston ÕDP oliy rahbar organi qurultoydir.
Navbatdagi qurultoylar O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi tomonidan 5 yil ichida kamida bir marta, qoida tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga hamda Qonunchilik palatasiga o‘tkaziladigan saylovlarda Prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish davrida chaqiriladi. O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining navbatdagi qurultoyni chaqirish, unga taklif etilayotgan kun tartibi va vakillik me’yori to‘g‘risidagi qarori qurultoyga kechi bilan bir oy qolganda e’lon qilinadi.
Partiyaning navbatdan tashqari qurultoyi O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining tashabbusi bilan yoki partiya a’zolari umumiy sonining kamida uchdan bir qismini birlashtirgan partiya tashkilotlarining talabiga muvofiq chaqiriladi. Bu holda u O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengash tomonidan bir oy muddat ichida chaqiriladi va unda barcha partiya a’zolarining kamida yarmining vakilligi ta’minlangan taqdirda, qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.
38.O‘zbekiston ÕDP qurultoyining vakolatlari
O‘zbekiston ÕDP qurultoyi:
delegatlarning vakolatlarini tekshiradi, o‘zining ish tartibini belgilaydi, zarur rahbar va ishchi organlarini saylaydi;
O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan O‘zbekiston ÕDP nuqtai nazarini ishlab chiqadi, partiya Dasturini, boshqa umumpartiyaviy siyosiy hujjatlarni qabul qiladi, qayta ko‘rib chiqadi va ularga o‘zgartirishlar kiritadi;
O‘zbekiston ÕDP Ustavini qabul qiladi, zarur hollarda qayta ko‘rib chiqadi va unga o‘zgartirishlar kiritadi;
Mazkur Ustavda ko‘zda tutilgan, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi va Markaziy Taftish K omissiyasi a’zolarining qismini saylaydi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi, Markaziy Taftish K omissiyasi hisobot va ma’ruzalarini, Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDPning fraksiyasi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tinglaydi, ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston ÕDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatadi;
O‘zbekiston ÕDPdan Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatadi;
O‘zbekiston ÕDP faoliyatiga doir boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi.
Qurultoy qarorlarini bajarish O‘zbekiston ÕDP barcha organlari, tashkilotlari va a’zolari uchun majburiydir.
39. O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi qurultoylar oralig‘idagi davrda partiyaning markaziy rahbar organi hisoblanadi, O‘zbekiston ÕDP manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan ish yuritadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi uning tarkibiga Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar partiya tashkilotlaridan belgilangan teng me’yorda yuborilgan vakillardan hamda O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda partiya qurultoyi saylaydigan a’zolardan iboratdir
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashiga saylash uchun me’yor, qoida tariqasida, uning plenumi tomonidan qurultoyni chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining plenumlari zaruratga qarab, ammo yilda kamida bir marta o‘tkaziladi va uning a’zolaridan yarmidan ko‘prog‘i qatnashgan taqdirda tegishli huquqqa ega bo‘ladi.
Plenumda ishtirok etayotgan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qarorlar butun partiya uchun majburiydir.
40.O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining vakolatlari
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi o‘z plenumlarida:
O‘zbekiston ÕDP Ustav faoliyatining muqarrar masalalarini muhokama etadi, ular yuzasidan barcha partiya tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va uning Dasturi hamda Ustavi doirasida boshqa umumpartiyaviy õujjatlarni qabul qiladi;
o‘zining tarkibidan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroiya qo‘mitasini (keyinchalik – Siyosiy ijroqo‘m), shu jumladan, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining raisi va uning o‘rinbosarlarini saylaydi, zarur bo‘lgan hollarda qurultoyda saylanadigan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilaydi;
O‘zbekiston ÕDP qurultoylari ora lig‘idagi davrda Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatadi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
har yili O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mining faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti va Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi faoliyati haqidagi aõborotini eshitadi;
partiya markaziy ommaviy aõborot vositalari bosh muharrirlarini tasdiqlaydi;
Ustavning ayrim qoidalarini qo‘llash tartibiga aniqlik kirituvchi, barcha partiya tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan me’yoriy h ujjatlarni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston ÕDP qurultoyi beradigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
41.O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining ishchi organlari
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining doimiy ishchi organlari quyidagilar:
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mining Hay’ati.
Zarur bo‘lganda, partiya Ustav faoliyatining ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi a’zolari, partiyaning boshqa a’zolaridan iborat O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi komissiyalari, ishchi guruhlari yoki boshqa vaqtinchalik ishchi organlari tuzilishi mumkin.
42 . O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi
O‘zbekiston ÕDP Markaziy KengashiningSiyosiy ijroqo‘mi partiyaning markaziy ijroiya va muvofiqlashtiruvchi organidir. O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining plenumlari oralig‘idagi davrda, Siyosiy ijroqo‘m O‘zbekiston ÕDP qurultoyi va Markaziy Kengashi unga bergan vakolatlar doirasida, partiyaning manfaatlarini ifoda etadi va uning nomidan harakat qiladi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi plenumda saylangan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi, rais o‘rinbosarlari va Siyosiy ijroqo‘mning boshqa a’zolaridan iborat bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston respublika partiya tashkiloti uning tarkibiga o‘z vakilini yuborish huquqiga ega.
Siyosiy ijroqo‘mning majlislari zaruratga qarab o‘tkaziladi va unda siyosiy ijroqo‘m a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda, qonuniy huquqqa ega, deb hisoblanadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha partiya tashkilotlari va kengashlari uchun majburiydir.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi:
boshqa, shu jumladan, õorijiy siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar bilan munosabatlarda O‘zbekiston ÕDP nomidan ish yuritadi;
O‘zbekiston ÕDP qurultoylari va Markaziy Kengashi plenumlari qarorlari ning bajarilishini tashkil qiladi, Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi faoliyatini mu vofiqlash tiradi;
Qonunchilik palatasining bo‘shab qolgan deputatlari o‘rniga o‘tkaziladigan saylovlarda O‘zbekiston ÕDP ishtirok qilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar ko‘rsatadi;
partiya markaziy ommaviy aõborot vositalari tahririyatlarining a’zolarini tasdiqlaydi;
partiyaning muassasalari ni, korõonalarini tashkil etadi, ularning ustavlarini tasdiqlaydi va rahbarlarini tayinlaydi, faoliyatini nazorat qiladi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumi unga bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
43. O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati plenumlarda saylanadigan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi va uning o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi va partiyaning markaziy ijroiya-farmoyish beruvchi organi hisoblanadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati yig‘ilishi zaruratga qarab o‘tkaziladi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’atining qarorlari barcha partiya tashkilotlari va kengashlari uchun majburiydir.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati:
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi va uning Siyosiy ijroqo‘mi qarorlarini bajarish bo‘yicha partiyaning barcha bo‘g‘inlari ishini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining ishchi apparatini tuzadi va unga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston ÕDP mol-mulki va mablag‘larini, uning korõona hamda muassasalari faoliyatini amaliy boshqarishni tashkil etadi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
44 . O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi plenumda uning a’zolari orasidan saylanadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi:
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining vakili sifatida uning nomidan boshqa yuridik shaõslar bilan partiyaning munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumlari, Siyosiy ijroqo‘mi va uning Hay’ati majlislarini olib boradi, ular qabul qilgan qarorlarni imzolaydi;
O‘zbekiston ÕDP qurultoyi va Markaziy Kengashi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengash raisi yo‘qligida uning vazifasini rais o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi raisi, u Qonunchilik palatasi deputati etib saylanganganida va unda partiya fraksiyasi tuzilgan taqdirda, O‘zbekiston ÕDP fraksiyasiga rais etib saylanishi mumkin.
5.3. Hududiy pàrtiya tàshkilotlàrining ràhbàr và ijroiya orgànlàri
45. Hududiy partiya tashkilotining oliy organi
Partiya konferensiyasi hududiy partiya tashkilotining oliy organidir.
Hududiy partiya tashkilotining konferensiyasi tegishli partiya kengashining qaroriga, yuqori partiya organining taklifiga yoki mazkur partiya tashkiloti a’zolarining kamida uchdan bir qismini birlashtiruvchi partiya tashkilotlarining talabiga binoan chaqiriladi.
Hududiy partiya tashkilotlarining navbatdagi konferensiyalari partiya O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumi tomonidan belgilangan muddatlarda besh yilda kamida bir marta chaqiriladi.
46. Hududiy partiya kengashi
Hududiy partiya kengashi konferensiyalar oralig‘ida tegishli hududiy partiya tashkilotining rahbar organi bo‘lib, uning manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan ish yuritadi.
Hududiy partiya kengashi quyi partiya tashkilotlarining belgilangan teng miqdor bo‘yicha saylangan vakillaridan hamda tegishli kengash a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda konferensiya saylaydigan a’zolardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekiston ÕDP hududiy kengashlariga saylash uchun me’yor tegishli kengash plenumi tomonidan, qoida tariqasida konferensiya chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.
Hududiy partiya kengashlari plenumlari zaruratga qarab, ammo har yilik amida bir marta o‘tkaziladi va ularda kengash a’zolarining yarmidan ko‘prog‘i ishtirok etganda, qonuniy huquqqa ega bo‘ladi.
Plenumda qatnashgan kengash a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan hududiy partiya kengashi qarorlari mazkur kengashga hisobdor organlar va quyi tashkilotlar uchun majburiydir.
47. Hududiy partiya tashkilotining konferensiyasi va hududiy partiya kengashining vakolatlari
Hududiy partiya tashkilotlarining mutlaq vakolatlari doirasiga quyidagilar kiradi:
Ustavda ko‘zda tutilgan tegishli partiya kengashi a’zolarini saylash;
hududiy partiya tashkiloti taftish komissiyasi a’zolarini saylash;
hududiy partiya kengashi, hududiy partiya tashkiloti taftish komissiyasi hisobotlarini tinglash va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
Qoraqalpog‘iston Respublika si Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli õalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP partiya guruhlarining hisobotlarini tinglash va ular yuzasidan qarorlar qabul qilish;
tegishli hududiy partiya tashkiloti faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash.
Hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va partiya kengashi ning umumiy vakolatlari ga quyidagilar kiradi :
yuqori partiya tashkiloti konferensiyasi va O‘zbekiston ÕDP qurultoyiga delegatlar saylash;
o‘zidan yuqoridagi hududiy partiya kengashiga va O‘zbekiston ÕDP markaziy organlariga yuboriladigan muõtor vakillarini belgilangan me’yor bo‘yicha saylash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatish.;
hududiy partiya tashkiloti faoliyatining boshqa masalalarini ko‘rib chiqadi.
Hududiy partiya kengashi o‘z plenumlarida:
o‘zining tarkibidan kengash ijroiya qo‘mitasini, shu jumladan, kengash raisi va uning o‘rinbosarini saylaydi, zarur bo‘lgan hollarda konferensiya saylagan hududiy partiya kengashi a’zolari tarkibini qisman yangilaydi;
kengash ijroiya qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi;
har yili kengash ijroiya qo‘mitasining hisobotini va tegishli davlat hokimiyati mahalliy vakillik organidagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhining aõborotini eshitadi;
hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi tomonidan berilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
48.Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi
Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi hududiy partiya tashkilotining muvofiqlashtiruvchi organidir. Hududiy partiya kengashi plenumlari oralig‘idagi davrda ijroiya qo‘mita, unga berilgan vakolatlar doirasida, hududiy partiya tashkilotining manfaatlarini ifoda etadi, uning nomidan ish yuritadi.
Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi plenumda saylanadigan kengash raisi, uning o‘rinbosari va ijroiya qo‘mitaning boshqa a’zolaridan iboratdir.
Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi majlislari zaruratga qarab o‘tkaziladi va ularda ijroqo‘m a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashsa, u qonuniy huquqqa ega, deb hisoblanadi.
Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha quyi tashkilotlar uchun majburiydir.
Hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi:
hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va hududiy partiya kengashlari plenumlari, yuqori partiya tashkiloti qarorlarining bajarilishini tashkil etadi, shu maqsadda quyi tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
tegishli davlat hokimiyati vakillik organidagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
kengashning ishchi apparatiga bevosita rahbarlik qiladi;
hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
49. Hududiy partiya kengashi raisi
Hududiy partiya kengashi raisi kengash plenumida uning a’zolari orasidan saylanadi.
Hududiy partiya kengashi raisi:
hududiy partiya kengashi vakili bo‘lib, uning nomidan hududiy partiya kengashining boshqa yuridik shaõslar bilan munosabatlarini muvofiqlashtiruvchi shartnomalar, bitimlar, bayonnomalar va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
hududiy partiya kengashi plenumlari, uning ijroiya qo‘mitasi majlislarini olib boradi, ular qabul qilgan qarorlarni imzolaydi;
unga hududiy partiya tashkiloti konferensiyasi va hududiy partiya kengashi bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hududiy partiya kengashi raisi davlat hokimiyati mahalliy vakillik organi deputati etib saylanganda va unda O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhi tuzilgan taqdirda, u ushbu deputatlik guruhiga rais etib saylanishi mumkin.
5.4. Boshlàng‘ich pàrtiya tàshkilotlàrining ràhbàr và ijroiya orgànlàri
50. Umumiy partiya yig‘ilishi
Umumiy partiya yig‘ilishi boshlang‘ichpartiya tashkiloti, partiya guruhining rahbar organidir. U zaruratga qarab, ammo bir yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotining umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning iloji bo‘lmagan taqdirda, uning ijroiya qo‘mitasi yuqorida belgilangan muddat ichida konferensiya chaqiradi yoki partiya guruhlarida yagona kun tartibi bilan majlislar o‘tkazilishini tashkil etadi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlaridagi navbatdagi hisobot-saylov yig‘ilishlari (konferensiyalari) besh yilda kamida bir marta, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi belgilagan muddatlarda o‘tkaziladi .
Boshlang‘ichpartiya tashkiloti umumiy partiya yig‘ilishining (konferensiya si ning) mutlaq vakolati ga quyidagilar kiradi:
boshlang‘ich partiya tashkilotining raisi, rais o‘rinbosari va zaruratga ko‘ra boshlang‘ich partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zolarini saylash;
boshlang‘ich partiya tashkiloti rahbar organining yillik hisobotlarini eshitish va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish;
tuman, shahar partiya tashkiloti konferensiyasiga delegatlarni saylash;
O‘zbekiston ÕDP tuman, shahar kengashi tarkibiga belgilangan me’yor bo‘yicha yuboriladigan boshlang‘ich partiya tashkilotining vakilini saylash va uni chaqirib olish;
boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida partiya guruhlarini tuzish va ularga tegishli vakolatlarni berish.
51.Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining saylanma organlari
Umumiy yig‘ilishlar (konferensiyalar) oralig‘idagi davrda partiya tashkiloti faoliyatiga boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi va uning o‘rinbosari rahbarlik qiladilar.
Partiya guruhlarida bu vazifalarni partiya guruhi rahbari va uning o‘rinbosari bajaradilar.
Yirik boshlang‘ich partiya tashkilotlarida uning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish uchun, zaruratga ko‘ra, boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi, uning o‘rinbosari va boshqa a’zolardan iborat ijroiya qo‘mita saylanishi mumkin.
Boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi:
boshlang‘ich partiya tashkiloti vakili bo‘lib, uning nomidan ish yuritadi;
boshlang‘ich partiya tashkilotining Ustav faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
umumiy partiya yig‘ilishlari (konferensiyalari), ijroiya qo‘mita majlislarini olib boradi, ular qabul qilgan qarorlarni imzolaydi;
boshlang‘ich partiya tashkiloti umumiy yig‘ilishi (konferensiyasi) unga bergan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
5.5. Tàftish komissiyalàri
52. O‘ zbekiston XDP Màrkàziy Tàftish Komissiyasi
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi qurultoylar oralig‘idagi davrda partiyaning markaziy nazorat organi bo‘lib, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi, quyi partiya tashkilotlarining moliyaviy-õo‘jalik faoliyati va partiya byudjetining to‘g‘ri shakllantirilishi hamda sarflanishi ustidan nazorat qiladi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar partiya tashkilotlarining belgilangan teng me’yor bo‘yicha yuborilgan vakillaridan hamda uning a’zolari umumiy sonining beshdan bir qismidan oshmagan miqdorda partiya qurultoyida qo‘shimcha ravishda saylangan a’zolaridan iboratdir.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi a’zosi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengash a’zosi bo‘lishi yoki uning apparatida ishlashi mumkin emas.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasiga saylanish me’yori O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumi tomonidan, qoida tariqasida partiya qurultoyini chaqirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda belgilanadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi o‘z faoliyatida partiya Ustaviga va qurultoyda tasdiqlangan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Taftish Komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi.
53.Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari
Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari hududiy partiya kengashlari, quyi partiya tashkilotlarining moliyaviy-õo‘jalik faoliyatini va partiya byudjetining to‘g‘ri shakllantirilishi hamda sarflanishini nazorat qiladilar.
Taftish komissiyalari a’zolari hududiy partiya tashkilotlarining konferensiyalarida saylanadilar. Taftish komissiyasining a’zosi bir vaqtning o‘zida hududiy partiya kengashi a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari o‘z faoliyatlarida partiya Ustaviga va O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi tasdiqlagan hududiy partiya tashkilotlarining taftish komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladilar.
VI. O‘ ZBEKISTON XDPning SAYLOVLARDA ISHTIROKI. PARTIYA DEPUTATLIK BIRLASHMALARINING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH.
54. O‘zbekiston Respublikàsi Prezidenti sàylovidà O’zbekiston XDP ishtiroki
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston ÕDPning ishtirok etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi Qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida partiyaning ishtiroki to‘g‘risidagi qaror, saylov mavsumi boshlanishi e’lon qilinganidan keyin bir hafta muddat ichida Siyosiy ijroqo‘m tomonidan chaqirilgan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumida qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga partiyadan nomzod O‘zbekiston ÕDP qurultoyida ko‘rsatiladi. Bu haqdagi qaror qurultoy delegatlarining ko‘pchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
55. Qonunchilik palatasiga saylovlarda O‘zbekiston ÕDP ishtiroki
Qonunchilik palatasiga saylovda O‘zbekiston ÕDPning ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovi to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilanadi.
Qonunchilik palatasiga saylovda O‘zbekiston ÕDP ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror, saylov mavsumi boshlanishi e’lon qilinganidan keyin bir hafta muddat ichida, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi tomonidan qabul qilinadi.
Qonunchilik palatasi deputatligiga O‘zbekiston Õalq demokratik partiyasidan nomzodlar partiya markaziy organlari tomonidan ko‘rsatiladilar.
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror majlisda qatnashayotgan partiya rahbar organi a’zolarining ko‘pchiligi yoqlab ovoz berganda qabul qilinadi va tegishli bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, Markaziy saylov komissiyasiga topshiriladi.
56. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ÕDP ishtiroki
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi saylovida O‘zbekiston ÕDPning ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitusiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatligiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ÕDPning ishtirok etishi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni bilan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovlarida O‘zbekiston ÕDPning ishtirok etishi to‘g‘risidagi qaror, saylov mavsumi boshlanishi e’lon qilinganidan keyin, bir hafta muddat ichida O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining Siyosiy ijroqo‘mi tomonidan qabul qilinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga O‘zbekiston ÕDPdan nomzodlar tegishli hududiy partiya tashkilotlari kengashlari tomonidan ko‘rsatiladi.
Qorqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga O‘zbekiston ÕDPdan nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qaror tegishli hududiy partiya kengashi yig‘ilishida, unda ishtirok etayotgan a’zolarining ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli saylov komissiyasiga topshiriladi.
57. Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi faoliyatini tashkil etish
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi o‘z ishini partiya dasturiy hujjatlari, partiya qurultoyi belgilagan parlamentchilik faoliyati vazifalari hamda partiya markaziy organlarining tegishli tavsiyalariga muvofiq tashkil etadi.
Juda muhim siyosiy masalar yuzasidan nuqtai-nazarlarni kelishib olish uchun partiya fraksiyasi va O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi yoki uning Siyosiy ijroqo‘mining birgalikdagi qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin.
Fraksiya a’zolari Qonunchilik palatasida ovoz berishda birgalikda ishlab chiqilgan nuqtai-nazarlarga asoslanadilar.
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi o‘z faoliyati to‘g‘risida har yili Markaziy Kengash plenumiga aõborot beradi. Qonunchilik palatasi vakolati davridagi faoliyati bo‘yicha uning hisoboti partiya qurultoyida eshitiladi.
58. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va sha h ar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlari faoliyatini tashkil etish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlari o‘z faoliyatlarini partiya dasturiy hujjatlari, tegishli hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalari tomonidan belgila n gan parlamentchilik faoliyati vazifalari, yuqori partiya organlari qarorlari, tegishli hududiy partiya kengashlari tavsiyalaridan kelib chiqqan holda tashkil etadilar.
O‘ta muhim masalalar bo‘yicha nuqtai nazarlarni kel i shib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlarning yoki tegishli hududiy partiya kengashining yoyinki uning ijroiya qo‘mitasi ning birgalikdagi qo‘shma majlislari o‘tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlari a’zolari tegishli davlat hokimiyati mahalliy vakillik organida ovoz berishda birgalikda ishlab chiqilgan nuqtai nazarga asoslanadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlari o‘z faoliyatlari to‘g‘risida har yili tegishli hududiy partiya kengashlari plenumlariga aõborot beradilar. Ularning vakolat davridagi faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlari tegishli hududiy partiya tashkilotlari konferensiyalarida eshitiladi.
VII. O‘ZBEKISTON XDPning BOSHQA SIYOSIY PARTIYALAR VA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLAR BILAN O’ZARO HAMKORLIGI
59. O‘zbekiston XDPning O‘zbekiston Respublikàsi hududidà hàràkàt qiluvchi boshqà siyosiy pàrtiyalàr và nodàvlàt notijoràt tàshkilotlàr bilàn shàrtnomàviy munosàbàtlàri
O‘zbekiston ÕDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalari bilan ittifoq (bloklar) tuzishi, ular hamda bosh qanodavlat notijorat tashkilotlar (jamoat birlashmalari, harakatlar, jamg‘armalar va hokazo) bilan shartnomaviy munosabatlar o‘rnatishi mumkin. O‘zbekiston ÕDP nomidan tegishli shartnoma va bitimlar O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashining raisi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston ÕDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar bilan saylovoldi ittifoq(blok) tuzishi mumkinligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha qaror partiya qurultoyi yoki O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumida qabul qilinadi.
O‘zbekiston ÕDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshq siyosiy partiyalari bilan tuziladigan boshqa shartnoma va bitimlari Siyosiy ijroqo‘m tomonidan tasdiqlanib, keyinchalik bu to‘g‘rida O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumi õabardor qilini shi lozim.
O‘zbekiston ÕDPning O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar bilan shartnoma va bitimlari Siyosiy ijroqo‘m Hay’ati tomonidan tasdiqlanadi hamda keyinchalik O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi bu haqda õabardor qilinadi.
60. O‘zbekiston ÕDP hududiy tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar va nodavlat notijorat tashkilotlar ning hududiy tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlari
O‘zbekiston ÕDP hududiy tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, harakatlar, jamg‘armalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarning tegishli hududiy tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishlari mumkin.
Shartnoma va bitimlar O‘zbekiston ÕDP hududiy tashkiloti nomidan tegishli hududiy partiya kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
O‘zbekiston ÕDP hududiy tashkilo tining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalari ning hududiy tashkilotlari bilan tuzilgan shartnoma va bitimlari O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati bilan kelishilishi va hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasida tasdiqlanib, keyinchalik bu h aqda tegishli hududiy partiya kengashi plenumi õabardor etilishi lozim.
O‘zbekiston ÕDP hududiy tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi jamoat birlashmalari , harakatlar, jamg‘armalar va bosh q a nodavlat notijorat tashkilotlarning hududiy tashkilotlari bilan tuzgan shartnoma va bitimlari hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi va keyinchalik bu haqda kengash plenumi va yuqori partiya organlari, shu jumladan, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi Hay’ati õabardor etiladi.
61.O‘zbekiston ÕDP deputatlar birlashmalarining boshqa siyosiy partiyalarning deputatlik birlashmalari bilan munosabatlari
O‘zbekiston ÕDPning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari O‘zbekiston Respublikasi hududida harakat qiluvchi boshqa siyosiy partiyalar deputatlik birlashmalari bilan umumiy nuqtai nazar bo‘yicha kelishishlari yoki ularga nisbatan ijobiy muõolifatda bo‘lishlari mumkin.
Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasining boshqa siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan nuqtai nazari to‘g‘risidagi q arori fraksiya rahbari tomonidan O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi bilan kelishiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlaridagi O‘zbekiston ÕDP deputatlik guruhlarining boshqa siyosiy partiyalarning deputatlik guruhlari bilan hamkorlikda ishlab chiqqan nuqtai nazari to‘g‘risidagi qarori deputatlar guruhi rahbari tomonidan tegishli hududiy partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi bilan kelishiladi.
62. O‘zbekiston ÕDPning õalqaro tashkilotlar, õorijiy siyosiy partiyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar hamda ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatõonalari bilan munosabatlari
O‘zbekiston ÕDP õalqaro tashkilotlar, õorijiy siyosiy partiyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar hamda ularning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatõonalari bilan munosabatlarini o‘z siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchili gida taqiqlanmagan, partiya Dasturi va Ustaviga zid bo‘lmagan shakllarda o‘rnatadi.
VIII. O‘ZBEKISTON XDPning MOLIYAVIY MABLAG‘LARI VA MULKI
63 . Pàrtiya fàoliyatini moliyaviy và moddiy-texnik jihàtdàn tà’minlàsh
O‘zbekiston ÕDP va uning tashkilotlari faoliyati moliyaviy va moddiy-teõnik jihatdan o‘z mablag‘lari, partiya a’zolik badallari, tadbirkorlik faoliyati daromadidan, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaõslari õayriyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan ta’minlanadi.
64. O‘zbekiston ÕDP mulki
O‘zbekiston ÕDP tasarrufidagi binolar, inshootlar, õo‘jaliklar, nashriyotlar, transport vositalari, asbob-uskunalar, anjomlar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadida foydalaniladigan mulk, pul mablag‘lari, shuningdek, partiya mablag‘lari hisobidan sotib olingan yoki vujudga keltirilgan boshqa mol-mulk partiyaning o‘z organlari, muassasa va tashkilotlari orqali egalik qilish huquqi ob’ektlaridir.
O‘zbekiston ÕDP kengashlari, korõonalari va muassasalari o‘z iõtiyoridagi mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka, bank muassasalarida hisob raqamiga, o‘z nomi tushirilgan muhrga egadirlar, o‘z nomidan mulkiy va shaõsiy nomulkiy huquqlarni olishlari va amalga oshirishlari, sudda o‘z zimmalariga majburiyat olishlari, javobgar va da’vogar bo‘lishlari mumkin.
Partiya mulkini sotish yoki uni boshqacha tarzda hisobdan chiqarish masalalarini hal qilish O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya qo‘mitasining mutlaq vakolatiga kiradi.
65. O‘zbekiston ÕDP ning pul mablag‘lari
O‘zbekiston ÕDPning pul mablag‘lari partiyaga a’zolik badallaridan, O‘zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaõslari õayriyalari, shuningdek, davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, noshirlik, ishlab chiqarish, õo‘jalik, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlardan va boshqa tushumlardan tarkib topadi.
Zarur hollarda, mablag‘larning bir qismi Markaziy Kengash belgilagan miqdorda O‘zbekiston ÕDPning zahira jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
66 . Partiyaga a’zolik badallari
Qayd etiladigan daromadlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston ÕDP a’zolari har oyda a’zolik badallarini, o‘z daromadlarining 1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida to‘laydilar.
Qayd etiladigan daromadlarga ega bo‘lmagan O‘zbekiston ÕDP a’zolari a’zolik badallarini, belgilangan eng kam ish haqining 1 foizidan kam bo‘lmagan miqdorida to‘laydilar. Partiyaga a’zolik badallaridan tushadigan mablag‘lar O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq, tegishli tuman, shahar partiya kengashi hisob raqamiga tushiriladi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari tuman, shahar partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi bilan kelishgan holda, o‘z qarorlari bilan moddiy ahvoli tufayli partiyaga a’zolik badallarini muntazam tulay olmaydigan kishilarni undan muayyan muddatga ozod qilish huquqiga egadirlar.
Har oyda to‘ p langan partiyaga a’zolik badallarining 10 foiz miqdoridagi qismi tuman, shahar partiya kengashlari tomonidan tegishli yuqori hududiy partiya kengashlari hisob raqamlariga va 5 foiz miqdori O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi hisob raqamiga o‘tkaziladi.
A’zolik badallaridan tushgan mablag‘larning tuman, shahar partiya kengashlari hisob raqamlarida qolgan qismi ular tomonidan o‘z partiya tashkilotlari byudjetlarining daromad qismini to‘ldirishga ishlatiladi.
67. O‘zbekiston ÕDP byudjeti
O‘zbekiston ÕDP byudjeti mahalliy partiya tashkilotlari hamda partiya korõonalari va muassasalari daromadlaridan byudjetga ajratiladigan mablag‘larning miqdori, uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobot har yili O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumi tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston ÕDP byudjeti har yili barchaning e’tibori uchun e’lon qilinadi.
Hududiy partiya tashkilotlarining byudjetlari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli hududiy partiya kengashlari plenumlari tasdiqlaydi hamda ularni quyi partiya tashkilotlari va partiya a’zolariga ma’lum qiladi.
68. O‘zbekiston ÕDP ning mulk ob’ektlarini boshqarish
Partiya Markaziy Kengashi, Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent sha h ar kengashlari, ularning balansidagi mol-mulkni va pul mablag‘larini tezkorlik bilan boshqarish uchun, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi, partiya kengashlari ijroiya qo‘mitalari tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida ish yuritadigan ishlar boshqarmalarini tuzishlari yoki ishlar boshqaruvchilarini tayinlashlari mumkin.
Tuman, shahar partiya kengashlari ning mol-mulkini va pul mablag‘larini tezkorlik bilan boshqarishni, qoida tariqasida, kengash raislari amalga oshiradilar.
O‘zbekiston ÕDP korõonalari va muassasalarini ularning Ustavlari va Nizomlariga asoslangan holda, ularning rahbarlari boshqaradilar.
69. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining ustav faoliyatini moliyalashlashtirish
Boshlang‘ich partiya tashkilotlarining ustav faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uchun partiyaga a’zolik badallari va boshqa tushumlarning har yili Qoraqalpog‘iston respublika, viloyat va Toshkent shahar partiya kengashi , tegishli hududiy partiya tashkiloti byudjetini tasdiqlash bilan bir paytda belgilanadigan miqdordagi qismi ajratiladi.
Ushbu mablag‘larni bevosita boshlang‘ich partiya tashkilotlari eõtiyojlari uchun sarflashni, ularning taklifiga ko‘ra, tegishli tuman, shahar partiya kengashlarining ijroiya qo‘ mitalari amalga oshiradilar.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlari o‘z Ustav faoliyatlari uchun ayrim fuqarolarning ularga iõtiyoriy ravishda o‘tkazayotgan mablag‘laridan foydalanishlari mumkin.
IX. O‘ ZBEKISTON XDPning RAMZLARI
70. O‘ zbekiston XDP ràmzlàri
O‘zbekiston ÕDP o‘z ramzlari - bayroq, nishon va vimpellarga ega bo‘ladi. Ular O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi plenumida tasdiqlan a dilar va qonunda belgilangan tartibda tegishli davlat organlarida ro‘yõatdan o‘tkaziladilar.
X. O‘ ZBEKISTIN XDPning DASTURIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITISH
71. O‘ zbekiston XDP ning Ustàvi và Dàsturigà o‘zgàrtirishlàr kiritish tàrtibi
O‘zbekiston ÕDPning Ustavi va Dasturiga o‘zgartirishlar Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar p artiya tashkilotlarining fikr-mulohazalari hisobga olinib, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi taqdimi asosida partiya qurultoyi qarori bilan kiritiladi. Ushbu masalalarga oid qaror qurultoy majlisida qatnashayotgan delegatlarning ko‘pchiligi - uchdan ikki qismining ovozi bilan qabul qilinadi.
O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroiya qo‘mitasi qurultoydan so‘ng Ustavga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga ma’lum qiladi va unga barcha zarur hujjatlarni taqdim etadi.
XI. YAKUNIY QOIDALAR
72.Yakuniy qoidàlàr.
O‘zbekiston ÕDP ning davlat organlari va boshqa yuridik shaõslar bilan munosabatlariga tegishli, partiya Ustavida ko‘zda tutilmagan hollardagi masalalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal etiladi.