|
|
|
O‘zbekiston XDP MK Ijroqo‘mi Hay’atining QARORI son 2010 yil 26 fevral Loyiha
O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining navbatdagi II plenumini chaqirish to‘g‘risida
1. O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining navbatdagi II plenumi 2010 yil 11 mart kuni Toshkent shahrida chaqirilsin. Plenumga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zolari, Markaziy taftish komissiyasi a’zolari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari rahbarlari, Markaziy Kengash a’zosi bo‘lmagan mintaqaviy partiya kengashlari raisi o‘rinbosarlari, shuningdek tegishli partiya kengashlarining bosh hisobchilari taklif etilsin. 2. O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashining navbatdagi II plenumi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin: - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2010 yil iqtisodiy dasturining muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ma’ruzalarida ta’kidlangan ustuvorliklardan kelib chiqib, Partiyaning saylovoldi dasturiy maqsadlarini amaliy bajarishga qaratilgan harakat dasturi to‘g‘risida; - O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2009 yil byudjetining ijrosi va 2010 yil byudjetining asosiy ko‘rsatkichlari to‘g‘risida
3.Plenum kun tartibidagi ikkinchi masalani tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston XDP MK mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilsin (Ishchi guruhi tarkibi ilova qilinmoqda). 4.Shu bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar Kengashlaridagi deputatlik guruhlari rahbarlari, Markaziy Kengash a’zosi bo‘lmagan mintaqaviy partiya kengashlari raisilarining mafkuraviy masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek tegishli partiya kengashlarining bosh hisobchilari uchun turkum seminarlar o‘tkazilsin (seminarlarning dasturlari ilova qilinmoqda) 5.Mazkur plenumni hamda seminarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlar davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilsin, Markaziy Kengash ishlar boshqaruvchisi (F.Xamroev) hamda bosh hisobchisi (L.Xushnazarova)larga xarajatlar smetasini tuzish topshirilsin (Xarajatlar smetasi ilova qilinmoqda). 6.Ushbu qaror ijrosini nazorat etish O‘zbekiston XDP MK raisi o‘rinbosari U.Vafoev zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston XDP MK II plenumining
QARORI
PL/ -son 2010 yil 11 mart Loyiha
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yakunlari va 2010 yil iqtisodiy dasturining muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ma’ruzalarida ta’kidlangan ustuvorliklardan kelib chiqib, Partiyaning saylovoldi dasturiy maqsadlarini amaliy bajarishga qaratilgan harakat dasturi to‘g‘risida
1.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishi hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining yakunlari va 2010 yil iqtisodiy dasturining muhim ustuvorliklariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning ma’ruzalarida ta’kidlangan ustuvorliklardan kelib chiqib, Partiyaning saylovoldi dasturiy maqsadlarini amaliy bajarishga qaratilgan harakat dasturi qabul qilinsin (ilova qilinmoqda). 2.O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya deputatlik guruhlariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Qonunchilik palatasining qo‘shma yig‘ilishida hamda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ma’ruzalaridan kelib chiqqan holda o‘zlarining asosiy vazifalarini belgilab olishlari tavsiya etilsin. Ular kelgusida o‘z faoliyatlarini ushbu ma’ruzalarda bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etishga yo‘naltirsinlar. 3.O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, tuman va shahar kengashlari o‘z navbatida o‘z harakat dasturlarini qabul qilib, bajarilishini ta’minlasinlar. Bunda mintaqaviy partiya kengashlari va partiya saylanma organlari partiyaning dasturiy xujjatlarida belgilangan partiya elektoratining hayotiy manfaatlariga taaluqli muammolarni amalda hal etishga qaratilgan choralar ko‘rish uchun siyosiy tashabbus ko‘rsatib, mahalliy Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarining ushbu maqsadlarda qonun bilan belgilangan huquq va vakolatlaridan to‘liq foydalansinlar. 4.O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar partiya kengashlari islohotlarni borishi va ularning ijtimoiy samarasi, partiya elektoratining huquq va erkinliklariga amalda rioya qilinishi yuzasidan monitoring o‘tkazish maqsadida Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatining samaradorligini oshirishga e’tibor qaratsinlar. 5.2010 yil “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinishi va Davlat dasturining qabul qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston XDP “Istiqbol” yoshlar qanoti faoliyatini yanada rivojlantirish choralari ko‘rilsin, asosiy e’tibor Davlat dasturini bajarishga qaratilsin. 6.“O‘zbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari tahririyati (S.Ostonov) hamda mahalliy partiya matbuot nashrlari muharrirlariga partiya elektorati manfaatlarini aks ettiruvchi tahliliy-tanqidiy maqolalarni chop etishga alohida e’tibor berish tavsiya etilsin. 7.Ma’zkur qaror ijrosini nazorat etish O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasiga yuklatilsin.
|