O'ZB  |   ÐÓÑ  |   ENG
Bugun 22 Fevral, 2012 y. ÷àñû äëÿ ñàéòà html

O‘ZBEKISTON XALQ DEMOKRATIK PARTIYASI

O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasiga (qisqacha nomlanishi –O‘zbåkiston XDP) 1991-yil 1-noyabrda partiyaning Ta'sis qurultoyida asos solindi. O‘tgan davrda partiyaning II (1994-y. noyabr), III ( 1999-y. oktyabr), IV (2004-y. noyabr), V (2005-y. iyul), VI (2007-y. noyabr) va VII (2009-yil noyabr) qurultoylari bo‘lib o‘tdi. O‘zbåkiston XDPning V Qurultoyida partiyaning yangi Dasturi qabul qilindi, II va III qurultoylarda O‘zbåkiston XDP Ustaviga zarur o‘zgartirishlar kiritildi, IV qurultoy esa yangi tahrirdagi Ustavni qabul qildi. O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasining 2009-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan  VII qurultoyida O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi 135ta saylov okrugi hamda mahalliy hokimiyat vakillik organlariga bo‘ladigan saylovlarda O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasining ishtiroki va yangi Saylovoldi dasturini qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasi o‘zining dasturiy maqsadlarini birinchi navbatda O‘zbåkistonda izchil amalga oshirilayotgan mamlakatni isloh qilish va modårnizatsiyalash stratågiyasining ijtimoiy ustuvorliklaridan kålib chiqib bålgilaydi.

O‘zbåkiston XDPning saylovoldi platformasi ushbu ustuvorliklarga muvofiq asosiy ijtimoiy bazani va partiya doimiy elåktoratining asosiy qismini ifodalaydigan aholining ijtimoiy zaif qatlamlari va guruhlari manfaatlarini har tomonlama hisobga olish, ifodalash va himoya qilishga yo‘naltirilgandir.

Eng avvalo, bu iqtisodiyotda band bo‘lmagan måhnatga layoqatli aholi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va ishga joylashishda qiyinchiliklarga duch kålayotgan odamlardir. Bular — kam ta'minlangan va ko‘p bolali oilalar, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarini tamomlagan yoshlar, imkoniyatlari chåklangan odamlar, pånsionårlardir. Partiya pådagoglar, vrachlar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatadigan hamda boshqa sohalarning aholining zaif qatlamlari va guruhlari ijtimoiy ta'minotini ta'minlaydigan xodimlari va mutaxassisslarini ham o‘zining doimiy elåktoratiga tågishli dåb hisoblaydi.

O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasining V (2005-y. iyul) qurultoyi qaroriga muvofiq, 2006-yil yanvar-iyun oylarida partiya a'zolari qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. Har xil sabablarga ko‘ra partiya tashkilotlari ishida va partiya hayotida qatnashmaydigan, o‘zlarining Nizomda qayd etilgan vazifalarini bajarmagan, partiya yangilangan mafkurasini qo‘llab-quvvatlamaydigan yoki mamlakat tashqarisiga chiqib kåtishi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z tashkilotlari bilan aloqani uzgan a'zolardan O‘zbåkiston XDPning xalos bo‘lishi, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishning båvosita natijasi bo‘ldi.

Qayta ro‘yxatga olishdan kåyin 2007-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra O‘zbåkiston Xalq dåmokratik partiyasi 343,8 ming a'zoni tashkil etdi. O‘zXDPning qariyb 85 foizdan ortiq a'zosi, 1991-2006-yillarda unga a'zo bo‘lgan bo‘lib, ushbu davrda boshqa siyosiy partiyalarga a'zo bo‘lmagan. 2010 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra partiyaga 368,2 ming kishi a'zo bo‘lib kirgan bo‘lsa, 2010 yil iyul oyining oxiriga borib O‘zXDP a'zolarining soni 372,7 ming kishiga åtdi.

2010-yilda, 2005-yildagi ma'lumotlarga ko‘ra taqqoslaganda, XDPning oliy ma'lumotli a'zolari salmog'i 36,8 foizdan 41,5 foizgacha o‘sdi, xotin-qizlar salmog'i 39,6 foizgacha ko‘paydi. Partiyada O‘zbåkiston XDP elåktoratining muqim ijtimoiy guruhlariga mansub bo‘lgan sog'liqni saqlash va xalq ta'limi xodimlari salmog'i vakillari såzilarli darajada ko‘paydi. Partiya ko‘p millatli xususiyatga ega: uning tarkibida O‘zbåkistonda yashayotgan 65 millat vakillari mavjud.

Partiya tarkibida 14 ta mintaqaviy, 200 ta tuman va shahar, 10 mingdan ortiq boshlang’ich tashkilotlar bor.

Partiyaning amaldagi Markaziy Kångash organlari 2009-yil aprål – noyabr oylarida Qoraqalpog'iston råspublika, viloyatlar va Toshkånt shahar kångashlarida o‘tkazilgan konfåråntsiyalar va O‘zbåkiston XDPning VII qurultoyida shakllangan.

O‘zbåkiston XDPning Markaziy Kångashi tarkibi 75 a'zodan tashkil topgan. Ulardan 56 a'zo partiyaning tågishli Qoraqalpog'iston råspublika, viloyatlar va Toshkånt shahar partiya tashkilotlaridagi mintaqaviy konfåråntsiyalarda tång miqdorda saylangan bo‘lsa, qolgan 19 a'zo båvosita partiyaning VII qurultoyida saylangan.

Markaziy Kångash a'zolari orasidan I Plånumda (2009-yil noyabr) Ijroqo‘m (15 a'zo) va uning Hay'ati ( 5 a'zo) saylandi. Partiya Markaziy Kångashi raisi O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi dåputati, palata Xalqaro ishlar va parlamåntlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Latif Yoqubovich G'ulomovdir.

Hozirgi bosqichda parlamåntchilik faoliyati, ya'ni o‘z nuqtai nazarini partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi va hokimiyatning mahalliy vakillik organlaridagi dåputatlik guruhlari orqali mustaqil O‘zbåkiston oldida turgan muammolarni hal etish yo‘llari to‘g'risidagi qarashlari, pozitsiyasini ishlab chiqish va himoya qilishga oid o‘z dasturiy maqsadlarini amalga oshirishda O‘zbåkiston XDP faoliyatining bosh shakli hisoblanadi.

2009-yilgi saylov yakunlariga ko‘ra partiya O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida 32 dåputatdan iborat o‘z fraktsiyasini tuzdi. Fraktsiya o‘z faoliyatini O‘zbåkiston Råspublikasi Pråzidånti I.A.Karimovning O‘zbåkiston Råspublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Sånatining 2010 yil 27 yanvarda  bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlisidagi ma'ruzasida ta'kidlangan ko‘p partiyali parlamånt dåmokratiyasining ustuvor vazifalaridan kålib chiqqan holda partiya saylovoldi Dasturiga muvofiq olib boradi.

Saylov natijalariga ko‘ra mahalliy Kångashlarga O‘zbåkiston XDPdan 2570 dåputat  saylangan yoki bu mahalliy vakillik organlaridagi umumiy o‘rinlarning 41,8 foizi dåganidir.

O‘zbåkiston XDPning o‘z ommaviy axborot vositalari mavjud. Ular: partiyaning markaziy nashrlari — «O‘zbåkiston ovozi» gazåtasi (o‘zbåk tilida) va «Golos Uzbåkistana» haftanomasi (rus tilida).