O'ZB  |   ÐÓÑ  |   ENG
Bugun 20 May, 2012 y. ÷àñû äëÿ ñàéòà html
O‘ZBEKISTON ÕDP A’ZOLIGIGA QABUL QILISH, A’ZOLIKDAN CHIQARISH SHARTLARI VA TARTIBI. PARTIYA A’ZOLIGINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

11. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikning qayd etilishi

O‘zbekiston ÕDPga a’zolik yagona namunadagi partiya bileti bilan shahodatlanadi va yakka tartibda qayd etiladi. Yagona partiya biletining namunasi O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi tomonidan tasdiqlanadi

12. O‘zbekiston ÕDP ga a’zolik shartlari

O‘zbekiston ÕDPga O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, partiyaning dasturiy maqsadlarini e’tirof etuvchi, uning Ustavi talablarini bajaruvchi va partiyani moddiy mablag‘ bilan qo‘llab-quvvatlab turuvchi fuqarosi a’zo bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston ÕDPga a’zolik fuqarolarning konstitusiyaviy huquq va erkinliklarini cheklamaydi. Uning a’zosi bir paytning o‘zida boshqa siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

13. O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga qabul qilish tartibi

O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga qabul yakka tartibda, unga kiruvchining arizasiga muvofiq boshlang‘ich partiya tashkilotida amalga oshiriladi.

Ilgari boshqa siyosiy partiyalar a’zosi bo‘lib, ular tarkibidan chiqqan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston ÕDP a’zoligiga umumiy tartibda qabul qilinadilar.

14. O‘zbekiston ÕDP a’zolarining huquqlari

O‘zbekiston ÕDPning barcha a’zolari teng huquqlidirlar. Ular quyidagi huquqlarga egadirlar:

o‘z nuqtai nazarlarini erkin bayon etish, partiya siyosati va uning ichki turmushi masalalarini ko‘tarib chiqish, muhokama qilish, ular yuzasidan qarorlarning ishlab chiqilishida qatnashish;

partiya organlariga saylash va saylanish, ularning ishi haqida aõborot olish;

barcha daraja lar dagi davlat hokimiyati vakillik organlariga saylanish uchun partiyadan nomzod etib ko‘rsatilish;

har qanday partiya organi hamda partiyaning istalgan a’zosi faoliyatiga baho berish va ularni tanqid qilish;

har qanday partiya organiga ariza va takliflar bilan murojaat etish va undan javob olish;

faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlariga muvofiq olib boriladigan hamda partiyaning dasturiy maqsadlari va Ustavi qoidalariga zid bo‘lmagan ommaviy jamoat tashkilotlari hamda harakatlarning ishida qatnashish.

15. O‘zbekiston ÕDP a’zolarining majburiyatlari

Partiya a’zosi:

partiya Ustavi talablarini bajarishga;

partiya tashkilotlari hamda partiya saylanma organlarining qarorlarini ijro etishga;

partiyaning dasturiy maqsadlarini targ‘ib qilish va ro‘yobga chiqarishda qatnashish, uning jamiyatdagi obro‘-e’tiborini mustahkamlash va ta’sirini kuchaytirishga erishishga;

boshlang‘ich partiya tashkilotining hayoti va faoliyatida ishtirok etishga;

partiyaga a’zolik badallarini muntazam to‘lab turishga majburdir.

16. O‘zbekiston ÕDP tashkilotlari va partiya saylanma organlarining majburiyatlari

Partiya tashkilotlari va partiyaning saylanma organlari:

barcha partiya tashkilotlarida partiyaviy birodarlik munosabatlarini ta’minlashlari, partiya a’zolarining huquqlarini himoya qilishlari;

zarurat tug‘ilganda, partiya a’zolarining ijtimoiy faoliyatiga siyosiy jihatdan ko‘maklashishlari;

partiya a’zolarining konstitusiyaviy huquq va erkinliklari kamsitilgan hollarda, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishlari shart.

17. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni vaqtincha to‘õtatish va qayta tiklash

O‘zbekiston ÕDP a’zosi boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan kelishgan holda o‘zining partiyaga a’zoligini vaqtincha to‘õtatib turishi mumkin. Bu haqda u boshlang‘ich partiya tashkilotini yozma ravishda, o‘zi qabul qilgan qarori sabablarini ko‘rsatgan holda, õabardor qiladi.

O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni vaqtincha to‘õtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi partiya a’zosining qarori boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinadi va tegishli partiya kengashiga etkaziladi.

18. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni to‘õtatish

O‘zbekiston ÕDPga a’zolik boshlag‘ich partiya tashkiloti qaroriga ko‘ra:

partiya a’zosi O‘zbekiston ÕDP Ustavi talablariga zid õatti-harakatlari va õulq-atvori uchun uning saflaridan o‘chirilganda;

partiya a’zosining O‘zbekiston ÕDP bilan aloqasi uzilgani qayd qilinganda;

partiya a’zosining iõtiyoriy ravishda O‘zbekiston ÕDP safidan chiqqanida to‘õtatiladi.

19. O‘zbekiston ÕDP a’zosini O‘zbekiston ÕDP saflaridan chiqarish tartibi

Boshlang‘ich partiya tashkiloti, yuqori partiya organlari partiya a’zosining O‘zbekiston ÕDP Ustavi talablariga zid õatti-harakatlari uchun uni partiya saflaridan o‘chirishlari mumkin.

Bu haqdagi qaror partiya tashkiloti yig‘ilishi yoki yuqori partiya organi tomonidan qabul qilinadi va tegishli tashkilot hisobida turuvchi partiya a’zolarining yoki mazkur saylanma organ a’zolarining yarmidan ko‘prog‘i uni yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilinadi.

O‘zbekiston ÕDPdan chiqarilgan kishi bir yil mobaynida yuqori partiya organlariga shikoyat arizasini berish huquqiga ega. SHikoyat arizasi tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi.

20. O‘zbekiston ÕDPga a’zolikni to‘õtatish tartibi

Uzrli sabab lar siz uch oydan ortiq vaqt davomida a’zolik badallarini to‘lamagan yoki ustav majburiyatlarini bajarmagan O‘zbekiston ÕDP a’zosi to‘g‘risidagi masala boshlang‘ich partiya tashkilotida ko‘rib chiqilishi lozim.

Agar partiya a’zosining O‘zekiston ÕDP bilan aloqani uzganligi aniqlansa, u holda, uning partiyaga a’zoligini to‘õtatish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Partiya bilan aloqasi uzilganligi sababli O‘zbekiston ÕDPga a’zoligini to‘õtatish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat-ariza partiya saflaridan chiqarish to‘g‘risidagi qarorlar bo‘yicha shikoyat-arizalarni ko‘rib chiqish tartibida ko‘rib chiqiladi.

21. O‘zbekiston ÕDP saflaridan iõtiyoriy chiqish tartibi

O‘zbekiston ÕDP saflaridan iõtiyoriy chiqishga qaror qilgan partiya a’zosi bu haqda tegishli boshlang‘ich partiya tashkilotini yozma ravishda õabardor qiladi.

O‘zbekiston ÕDP a’zosining partiya saflaridan iõtiyoriy chiqish to‘g‘risidagi qarori boshlang‘ich partiya tashkiloti tomonidan ma’lumot uchun qabul qilinadi va tegishli tuman, shahar partiya kengashiga etkaziladi.

IV. O‘ZBEKISTON ÕDPning TARKIBIY BO‘G‘INLARINI TUZISH, QAYTA TASHKIL ETISH VA TARQATISH TARTIBI

22. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarini tuzish, qayta tashkil etish va tarqatish tartibi

Boshlang‘ich partiya tashkilotlari partiya a’zolarining turar-joylari, kasb-kor va jamoatchilik faoliyatlari bo‘yicha, ushbu partiya tashkiloti a’zolarining fikrini hisobga olgan holda, tegishli tuman, shahar partiya kengashlari qarori bilan tuziladi, qayta tashkil etiladi (qo‘shiladi, bo‘linadi) va tarqatiladi.

Boshlang‘ich partiya tashkiloti tarkibida partiya guruhlarini tuzish, shuningdek, ularni qaytadan tashkil etish (qo‘shish, bo‘lish) va tarqatish bo‘yicha tegishli yig‘ilishlarni boshlang‘ich partiya tashkilotining raisi tashkil etadi. Partiya guruhi kamida uch partiya a’zosini bevosita birlashtirish uchun tuziladi.

Yangi tashkil etilayotgan boshlang‘ich partiya tashkiloti, partiya guruhi uning ta’sis yig‘ilishining bu to‘g‘ridagi qarori qabul qilinganidan keyin tuzilgan deb hisoblanadi.

23.Hududiy partiya tashkilotlarini tuzish, qayta tashkil etish va tarqatish to‘g‘risidagi qarorlarni qabul qilish

Hududiy partiya tashkilotlari qoida tariqasida, O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga tegishli o‘zgarishlarga ko‘ra tuziladi, qayta tashkil etiladi (qo‘shiladi, bo‘linadi) va tarqatiladi.

24. Hududiy partiya tashkilotining tashkil etilishi

Hududiy partiya tashkilotlari O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qarori bilan tuziladi.

Hududiy partiya tashkilotini tuzish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilish bilan bir vaqtda tashkiliy qo‘mita tuziladi va bir oy davomida ta’sis konferensiyasini chaqiradi.

25. Hududiy partiya tashkilotining yuridik shaõs maqomi

Qoraqalpog‘iston respublika, viloyatlar, Toshkent shahar partiya tashkilotlari, shuningdek, ular tarkibiga kiruvchi tuman, shahar partiya tashkilotlari yuridik shaõs maqomiga egadirlar.

Yangidan tuzilgan hududiy partiya tashkiloti qonunda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining tegishli hududiy sub’ekti adliya organida ro‘yõatga olingandan keyin yuridik shaõs maqomini oladi.

26 . Hududiy partiya tashkilotlari faoliyatini to‘õtatish tartibi

Hududiy partiya tashkiloti faoliyati O‘zbekiston ÕDP MK Siyosiy ijroqo‘mining uni qayta tashkil etish (qo‘shish, bo‘lish) yoki tarqatish to‘g‘risidagi qarori bilan, tegishli partiya kengashi ijroiya qo‘mitasi zimmasiga tugatish komissiyasi vazifalarini yuklash orqali, to‘õtatiladi.

27. O‘zbekiston ÕDP faoliyatini tugatish tartibi

O‘zbekiston ÕDP faoliyati , u o‘zini o‘zi tarqatib yuborishi natijasida, «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida qayd etilgan asoslar bilan yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi ning qaroriga muvofiq tugatilishi mumkin.

O‘zini o‘zi tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qarorni partiya qurultoyi, uning barcha tashkilotlari fikrini hisobga olib qabul qiladi va qurultoy delegatlarining kamida uchdan ikki qismi uni yoqlab ovoz bergan taqdirda, haqiqiy deb hisoblanadi.

O‘zbekiston ÕDP faoliyati to‘õtatilgan taqdirda, yuridik shaõsni tugatish yuzasidan qonunda ko‘zda tutilganishlar tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa yuridik shaõslar bilan o‘zaro hisob-kitoblar qilingandan so‘ng partiya mulki Ustavda ko‘zda tutilgan yoki tugatish komissiyasi belgilagan maqsadlarga yo‘naltiriladi.

28. O‘zbekiston ÕDPning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi, davlat hokimiyati mahalliy vakillik organlarida partiya deputat guruhlarini tuzish va ular faoliyatini to‘õtatish tartibi

Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston ÕDP fraksiyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlarini tuzish va faoliyatini to‘õtatish qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

29. Saylov okruglaridagi partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalarini tuzish va tugatish tartibi

Saylov okruglaridagi partiya guruhlari va partiya tashkilotlarining birlashmalari zaruratga qarab:

Qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – O‘zbekiston ÕDP Markaziy Kengashi Siyosiy ijroqo‘mi qarori bilan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, õalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okruglarda – O‘zbekiston ÕDP tegishli hududiy kengashlari ijroiya qo‘mitalari qarori bilan tuziladi va tugatiladi.