|
|
|
15.05.2012 /
Deputatlar fikri
Vazirning axboroti
Yaqinda Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan yig‘ilishida me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish masalasi muhokama qilindi. Unda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Zafar RO‘ZIYEV «Agrar sohaga oid qonunlar asosida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar holati hamda ularni takomillashtirish masalalari haqida» axborot berdi. Batafsil ...
10.05.2012 /
Deputatlar fikri
Har bir murojaat ortida
Konstitutsiyamizda davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ul ekani, har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egaligi va ular qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shartligi belgilab qo‘yilgan. Batafsil ...
08.05.2012 /
Deputatlar fikri
Axloqqa zid jinoyatlar:
Mazkur qonunga muvofiq Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 189-moddasi yangi tahrirda bayon qilindi. Unga asosan pornografik mahsulotni tayyorlash, tarqatish va reklama qilish, namoyish etish, respublika hududiga olib kirish taqiqlanadi. Bu harakatlarni sodir etgan shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima belgilanadi. Batafsil ...
03.05.2012 /
Deputatlar fikri
Parlament so‘rovi
Ijro hokimiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish parlamentning muhim xususiyatidir. Parlament nazorati instituti o‘ziga xos va u tekshiruvchi yoki taftish qiluvchi nazorat idoralarining bu boradagi faoliyatidan farq qiladi. Parlament nazorati instituti kuchayishi davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. Batafsil ...
26.04.2012 /
Deputatlar fikri
Suv manbalaridan oqilona foydalanaylik
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining 98 foizi sug‘orma deh¬qonchilik hissasiga to‘g‘ri keladi. Sug‘oriladigan maydonlarni hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini suv bilan ta’minlash uchun 180 ming km. kanal, 141 ming km. zovur, 55 ta suv omboridan iborat suv xo‘jaligi tizimi tashkil topgan. Uning samarali ishlashi uchun har yili Davlat byudjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Batafsil ...
17.04.2012 /
Deputatlar fikri
Qonun ijrosi bilan kuchli
Mamlakatimizda ishlab chiqarish, ayni paytda, xizmat ko‘rsatish turi ko‘payib bormoqda. Bu — quvonarli, albatta. Shu bilan birga, mazkur jarayonda inson hayoti va sog‘ligi muhofaza etilishi, mol-mulk xavfsizligi ta’minlanishi zarur. «Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonun ushbu maqsadga xizmat qiladi, ishlab chiqarish jarayoni, ish va xizmatlar, shuningdek, mahsulotlarga talab o‘rnatish va ularni qo‘llash tizimini belgilab beradi. Batafsil ...
12.04.2012 /
Deputatlar fikri
Xizmat ko‘rsatish va servis sohasi: Imkoniyatdan to‘g‘ri foydalanish zarur
Yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda xizmat ko‘rsatish va servis sohasi kengayishi muhim o‘rin tutadi. Mamlakatimizda bu tarmoqni rivojlantirish imkoni katta. Chunki u ortiqcha mablag‘ talab etmaydi. Unga sarflangan mablag‘ yoki olingan kredit qisqa muddatda qaytadi. Natijada bu mablag‘ni boshqa investitsiya sifatida yo‘naltirishga yo‘l ochiladi. Batafsil ...
10.04.2012 /
Deputatlar fikri
Quyi bo‘g‘in partiya poydevori
Boshlang‘ich partiya tashkiloti elektoratga eng yaqin bo‘g‘in. Shu bois, ular faoliyatini bugungi kun talablari asosida tashkil etmasdan turib, partiyaning odamlar orasidagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirib bo‘lmaydi. Bu esa viloyat va mahalliy partiya kengashlari quyi bo‘g‘in faoliyatini takomillashtirishini talab qiladi. Batafsil ... |