O'ZB  |   ÐÓÑ  |   ENG
Bugun 20 May, 2012 y. ÷àñû äëÿ ñàéòà html
Assalomu Alaykum Xurmatli XDP partiyasining barcha jonkuyar xodimlari. Man Botirov Soporboy Adamboyevich 2011 yil qish oyida gaz va elektr masalasi bilan murojat qilgandim. Bu arizamga binoan XDP partiya a`zolari juda yaxshi shug`ullanishdi, xozirda Xorazm viloyat Xonqa tuman Qirq-yop qishlog`ida umuman elektr ta'minotida uzilishlar bo'lmaydi, gaz ham yaxshi, man juda minnatdorman davlatimizda shunday partiya borligidan va uning jonkuyar, o`z ishiga sodiq hodimlari xizmatidan. Sizlarga katta Rahmat! XDP ishlariga Katta Omad Tilayman! Hamisha XDP partiyasi O`zbekiston Respublikasi Xalqi uchun eng yaxshi partiya bo`lib xizmat qilishini Tilayman!
Savol Botirov Soporboy Adamboyevich 28.04.2012 22:22:24
javob Àäìèíèñòðàöèè ñàéòà
Savolim shunday bizga O'zbekiston respublikasi fuqaroligi bo'lmagan fuqaro murojat etdi va bizdan unga fuqarolik olishda yordam berishimizni so'radi undagi intilishlar va partiyamizga bo'lgan qiziqish jiddiy biz uni o'qish joyidan mahalla fuqarolar yeg'inidan surushtirdik u alo baholarga o'qir ekan va vatan uchun hizmat qiley desa har yerda fuqaroligi bo'lmaganiga pand yeyaptikan nima yordam qilishimiz mumkin. javob uchun raxmat
Savol Farrux Fozilov 27.03.2012 14:03:36
Ushbu masala, “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan tartibga solinadi.
javob Àäìèíèñòðàöèè ñàéòà 02.04.2012
Partiyanining tizimi, barcha lavozimlar, har bir viloyatdagi partiya raxbarlarining ham ism sharifi, partiyaga a'zolar soni, ulardan qanchasi yoshlar?, partiyaning hozirga qadar quroltoylari sanasi va partiyani so'ngi dasturi maqsadi,o'tib ketgan saylovdagi partiyadan qancha deputat saylanganligi va ma'lumoti haqida,shu savollarimga javob berishlarizni iltimos qilaman.
Savol Rasul Ibodov 23.03.2012 19:32:29
Savolingiz va e’tiboringiz uchun rahmat, siz so‘rayotgan savollarga javoblar saytimizning partiya rubrikasida ko‘rsatilgan.
javob Àäìèíèñòðàöèè ñàéòà 02.04.2012
Savolim shunday: Men 2009 yildan buyon Uzbekiston Xalk Demokratik Partiyasiga a’zoman. Mutaxassisligim Oliy ma’lumotli Huquqshunos bulganligi sababli fuqarolarni huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maksadida partiya qoshida kam taminlangan, ijtimoiy ximoyaga muhtoj oilalarga bepul huquqiy xizmat ko’rsatish buyicha "Yuridik klinika" ochishga ruxsat beriladimi?
Savol Abdullayev Sherzod 26.03.2012 22:36:05
Hududiy partiya tashkiloti qoshida partiya elektorati manfaatini himoya qilishga va ularga amaliy yordam, shu jumladan huquqiy yordam berishga yo‘naltirilgan Jamoatchilik qabulxonasi tashkil etilgan. Shu munosabat bilan tegishli hududiy partiya tashkiloti rahbari bilan kelishilgan holda Jamoatchilik qabulxonasida elektoratga huquqiy yordam berish masalasini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
javob Àäìèíèñòðàöèè ñàéòà 02.04.2012
Bu masalani iltimos bilan yo'llayapman biz oilamiz bilan Tojikistondan 1996-yil Buxoro viloyati kogon shahriga ko'chib kelganmiz. Maktabni a'lo baholarga bitirdim, hozir Buxoro shahridagi iqtisodiyot va bank kolleji 3-kurs talabasiman, «siz qonunni bilasizmi?» huquq bilimdonlari, yosh siyosatshunoslar ko'rik tanlovlariga munosib qatnashib faxrli o'rinlarni egalladim. Shuningdek huquq fanidan fan olimpiadasi shahar bosqichi g'olibi bo'ldim, kelajakda xalq uchun foydam tegadigan farzand bo'lish niyatim. Sizlar xalqni qo'llab quvvatlaganlariz uchunam sizlarga iltimosim, qanday qilib O'zbekiston fuqaroligni olishim mumkin, qanday talablari bor.
Savol Ibodov Rasul 21.03.2012 17:33:25
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq mazkur masala bo‘yicha doimiy yashab turgan joyingizdagi IIB fuqarolarni ro'yxatga olish bo'limiga murojaat qilishingiz mumkin.
javob Àäìèíèñòðàöèè ñàéòà 26.03.2012

1 2 3 4 Keyingisiga Hammasi
Sizning savolingiz biz uchun ahamiyatga ega
Sizning ismingiz
Elektron manzilingiz
Sizning savolingiz